Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.
Chilonzor tumanida uch nafar 20 yoshli yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Yigitlar buni shart bajarish sifatida qilgani, shuningdek, internetga chiqib ketish orqali mashhur bo‘lmoqchi bo‘lganini bildirdi. Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.
Indoneziya hukumati 14-fevraldan boshlab Baliga tashrif buyuradigan barcha xorijiy sayyohlar uchun 10 dollar miqdorida yig‘im joriy etdi. Mablag‘lar orol atrof-muhiti va madaniyatini muhofaza qilishga sarflanadi.
30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti, Rossiya TIVga chaqirilgan O‘zbekiston elchisi, Toshkentda issiqlik tariflarini oshirish muddati, 90 ming dollar ustida qo‘lga tushgan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Saneg neft-gaz kompaniyasi Italiyaning moy va moylash materiallari ishlab chiqaruvchi CGC Lubricants Italy kompaniyasini sotib oldi. Bitim Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi moylar uchun formulalar, texnologiyalar va Yevropa xavfsizlik sertifikatlarini olish sohalarida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p sonli mojarolar dunyoda “juda beqaror muhit"ni yuzaga keltirmoqda. Bu “haq kuchlilar tomonda bo‘ladi” yondashuvi keng tarqaluvchi hozirgidan ham xavfli o‘nyillikning bashorati hisoblanadi, deyiladi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti hisobotida.
Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.
2024-yilda Toshkentda har biri 729 o‘rinli kamida 4 ta yetti qavatli avtoturargoh quriladi. Joy narxini avtomobilning zararli chiqindilari darajasidan kelib chiqib aniqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yildan beri muhokama qilinayotgan pullik to‘xtash joylari qurishni boshlash ham kutilmoqda.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Samarqanddagi anjumanda Markaziy Osiyoda hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda yagona salomatlik” tashabbusini ilgari surdi. Loyiha qiymati 11 million yevroni tashkil etadi.
Uzum Market va O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi tomonidan “2024-trendlari” forumi tashkil qilinib, unda soha mutahassislari biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadilar.
Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi qurilish ishlari uchun qo‘shni davlatlardan minglab mehnat migrantlarini yollamoqda, ammo ularning ba’zilari xandaq qazish va frontda jang qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi Bloomberg. O‘z mamlakatida esa ular yollanganlik uchun qamalishi xavfi mavjud.
Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.
Yerdan paxta hosili uchun foydalanadigan klasterlarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi. Hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshsa, 2025-yilda pulning qolgan 30 foizi beriladi. Bu haqda prezident qarori chiqdi.
Yunusobod tumanida Cobalt 89-sonli elektrobusga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda, deya qayd etdi “Toshshahartransxizmat”.
Deputatlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelli transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, uy hayvonlarini yo‘l mintaqasida qarovsiz qoldirganlik va chapga burilish yoki qayrilib olish qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishmadi. Qonun muhokamasi tafsiloti.
O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.
Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik berish evaziga 90 ming dollar olgani va DXX xodimlari tomonidan ushlangani aytilmoqda.
O‘zbekiston, 30 yildirki, lotin yozuviga to‘liq o‘tolmaydi. Bir necha harfning yakuniy ko‘rinishi tasdiqlanishi bilan jarayon tugashi kutilyapti. Bu so‘nggi 85 yilda alifbo ko‘rinishining oltinchi o‘zgartirilishi bo‘ladi. “Gazeta.uz” muxbiri Jahongir Azimov cho‘zilib ketgan o‘tishning sabablari va oqibatlarini o‘rgandi.
Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Jamshid Bozorboyev hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yangi chegara bojxona postlari qurilmoqda. Ular 2024-yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting