Toshkent havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha berilgan takliflar orasida Ai-80 benzinini taqiqlash ham bor. Bu markadagi benzin boshqalariga qaraganda arzonligi sababli ommabop. Xo‘sh, bu o‘zgarishga haydovchilarning munosabati qanday? “Gazeta.uz” bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.
Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilgani jamoatchilikda savol uyg‘otdi. Oliy ta’lim vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, “qulaylik nuqtai nazaridan forumning rasmiy tili xitoy va rus tillari etib belgilangan”.
Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.
Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.
Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilayotgandi. Sud unga nisbatan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo tarbiya koloniyalarida o‘taladi.
“Sharq” nashriyoti binosi xususiylashtirilishi tufayli madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi. Xususiylashtirish ishi tugagach, madaniy ahamiyatini saqlab qolgan binolar (O‘zA ham) muhofaza qilinadi. “Sharq” binosi taqdiri unga yaqin joydagi buzib tashlangan sobiq MXX binosi kabi bo‘lmasligi aytilmoqda.
Rekonstruksiya qilinadigan “Sharq” nashriyoti binolari, havo sifati bo‘yicha milliy standartlar, transport vaziriga yuborilgan senator so‘rovi, Osiyo Kubogi nimchorak finaliga chiqqan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Hindistonning Haryana shtatidagi dam olish maskanlaridan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Ma’lum bo‘lishicha, u is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Hozirda marhumani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.
O‘zbekiston futbolchilari Avstraliya bilan durang o‘ynab, Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichiga chiqdi (video, foto, statistika).
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat qarzi, suv taqchilligi, Qambarota-1 GES va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi masalalari haqida intervyu berdi. “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”, — deya ta’kidladi u.
Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilishini izohlarkan, “aksariyati ayanchli holatida ekani va to‘liq rekonstruksiyani taqozo etishi”ni bildirdi. Binolar 2023-yilning oktabrida DABA ishchi guruhi bilan birga o‘rganilgan.
2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.
Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz”ga Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar loyihasi haqida ma’lumot berdi. Issiqxona hamda zavodlarda chang-gaz filtrlarini o‘rnatish, Ai-80, IESlarda ko‘mir hamda mazutdan foydalanishni taqiqlash va boshqalar shular jumlasidandir.
Rossiya qo‘shinlarining Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkovga bergan yirik raketa zarbalari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlandi.
AQSh o‘zining USAID dasturi orqali O‘zbekistonga qiymati 420 ming dollardan ziyod bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazdi. Bu orqali tuberkulyoz va ruhiy salomatlik muassasalaridagi bemorlar, nogironligi bo‘lgan bolalar va keksalar 6,5 mln porsiya oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting