Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.
O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.
Sardobalik 5 yoshli Mansurbek Kemamov “Dok-1 Maks"dan zaharlanib, bir necha oy ko‘rolmay va yurolmay qolgan. Bolaning hayotini saqlab qolish uchun ota-onasi bor-budini sotib, 150 mln so‘m qarzga ham botgan. Ular Mansurbekning “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar ro‘yxatiga kiritilmaganidan norozi.
2023-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Rossiyalik prodyuser, “Gazprom-media” bosh direktori o‘rinbosari Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanmoqda. Bunga uning Qozog‘istondagi temiryo‘l vokzallari nomi o‘zgartirilishini rus tilini davlat darajasida siqib chiqarish deb baholagani va “manqurtlik” haqidagi posti sabab bo‘ldi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.
Toshkentda jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo‘laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.
Gaya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Rossiyaning xususiy Falcon 10 samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi omon qoldi. Tirik qolganlar faqat ekipaj a’zolari bo‘lib, yana 2 nafar yo‘lovchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha yangi rejani ko‘rib chiqadi. Buning uchun maxsus fond tashkil etilishi, unga Yevropa tinchlik fondidan 6,5 mlrd yevro ajratilishi, 2024−2027-yillarda esa yiliga 5 mlrd yevrodan o‘tkazib borilishi rejalashtirilmoqda.
2023-yilda respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampga asosiy raqobatchi deb ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kampaniyasini to‘xtatdi. Florida gubernatori o‘z tarafdorlarini Trampga ovoz berishga chaqirdi.
O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bunda qoidani buzganlarga jarima solinishidan tashqari, jinoyat sodir etishda foydalanilgan ashyo musodara qilinadi.
Madaniy meros agentligi xulosasi bilan eski ToshMI hududidagi sobiq kadet korpusining binosini restavratsiya qilish loyihasi tasdiqlandi. Uni O‘zshaharsozlik LITI davlat muassasasi ishlab chiqdi, qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona qurish, cherkov bo‘lgan yuqori qismni tiklash, tashqi ko‘rinishini saqlash belgilandi.
O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi iliq bo‘ladi. Harorat kechalari +5, kunduzi +12…+15 darajagacha ko‘tariladi. So‘ng Volgabo‘yidan kirib keluvchi nam havo massalari tufayli 25-yanvarda respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor bo‘ladi. Harorat shimolda kechasi −6…−11, kunduzi 0…−5 darajagacha soviydi.
Toshkent shahar Tergov boshqarmasi tomonidan ikki shaxs firibgarlikda gumonlanib ushlandi. IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi. Ko‘rsatkich mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Qozog‘istondagi Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan YTH tufayli 3 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekistondan bo‘lgan bir oilaning a’zolari sanaladi. Shuningdek, bir bola shifoxonaga yotqizilgan.
Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovni amalga oshirib bo‘lmayapti, kartadagi mablag‘ qoldig‘i esa noto‘g‘ri ko‘rsatilmoqda. Kompaniya soat 10:00 ga qadar davom etadigan texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi (dastlab bu ishlarni 3:30 gacha, keyinchalik 9:00 gacha yakunlash rejalashtirilgandi).
Adliya vazirligi maishiy texnikalar va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilangan prezident qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganda tovarlar ro‘yxati bo‘lmaganini bildirdi. Cheklovga Raqobat qo‘mitasi va “O‘zeltexsanoat” ham munosabat bildirdi.
Hindistonning Gaya shahridan Toshkent orqali Rossiyaga charter reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning Falcon samolyoti Afg‘onistonda halokatga uchradi. Havo kemasi Afg‘oniston havo hududida radarlardan g‘oyib bo‘lgan. “Rosaviatsiya” bortda olti kishi borligini xabar qildi.
Denov tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, avtozak bilan to‘qnashdi. Oqibatda piyoda shifoxonaga yotqizildi, Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting