O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pochta orqali ID-karta va xorijga chiqish pasportini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Navoiy viloyati hokimiga o‘rinborsar etib tayinlanganidan so‘ng ishdan ketgan San’atilla Hikmatov o‘rnini Jamshid Xudoyev egallab, Jondor tumani hokimi bo‘ldi. U tumandagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotgandi.
Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha Carrefour do‘konlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan`dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Qisqa muddatli yopilishdan so‘ng supermarketlar Magnum brendi ostida faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.
O‘zbekiston prezidenti Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Avvalroq senatorlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagandi.
Halimjon Safarov prezident tanqididan so‘ng ishdan olingan Xayrillo Jo‘rayevning o‘rniga Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Botir Ahmedov esa Buxoro viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga loyihalar kiritish tugatildi. 20 kun ichida portalga respublika bo‘ylab jami 49,4 mingta taklif kelib tushdi. Eng ko‘p taklif ichki yo‘l ta’miri bilan bog‘liq. Endi loyihalar ko‘rib chiqiladi. 27-avgustdan ularga ovoz berish boshlanadi.
Interpol tomonidan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etishda gumonlangan erkak Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.
Poytaxtning Sergeli va Toshkent viloyatining Piskent hamda Chinoz tumanlarida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 11 mlrd 54 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi.
Tijorat banklari 8-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 615−11 675 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 735 so‘m.
Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgani aytilayotgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketib vafot etdi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.
Salqin ob-havo prognozi, budjet defitsitini chegarada ushlab turolmayotgan hukumat, “avariya"ga uchrab vafot etgan Urganch shahri IIO FMB boshlig‘i, piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanayotgani, bir qator tayinlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Halilov Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanning avvalgi hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi v. b. bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev energiya ta’minoti va chiqindilarni olib chiqib ketish shaharning asosiy muammolari ekanini aytib, shaharni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiya tashkil etishga va’da berdi.
Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.
“Qishloq qurilish bank"da departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumaniga hokim bo‘ldi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev avvalgi tuman hokimini nima sababdan ishdan bo‘shatganiga izoh berdi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi raisi Ra’no Jo‘rayevaning 2022-yil noyabrida 3 yilga uzaytirilgan shartnomasi bekor qilindi. “Gazeta.uz” bir kun avval uning lavozimidan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Kompaniya raisi v.b. etib Javlonbek Umarxo‘jayev tayinlandi.
Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga Ulug‘bek Yo‘ldoshev hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Iroq rasmiylari Telegram`ni milliy xavfsizlik va “fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash” maqsadida blokladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ma’lumotlar sizib chiqayotgan kanallarni yopish haqidagi so‘rovlarni e’tiborsiz qoldirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting