Arxiv

Sud Trampga noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha 10-yanvar kuni hukm chiqaradi
4 yanvar 2025, 15:52

Sud Trampga noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha 10-yanvar kuni hukm chiqaradi

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha sud hukmi 10-yanvar kuni — uning inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi. Sudya siyosatchiga nisbatan qamoq yoki jarima tayinlash niyati yo‘qligidan ogohlantirdi.

Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi
4 yanvar 2025, 15:03

Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi
4 yanvar 2025, 12:34

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tahliliy hujjatlarni hamda ichki va tashqi siyosatga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish shular jumlasidan.

Toshkentda mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlangan bloger jarimaga tortildi
4 yanvar 2025, 12:08

Toshkentda mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlangan bloger jarimaga tortildi

Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.

2025-yilda jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari belgilandi
4 yanvar 2025, 12:06

2025-yilda jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari belgilandi

2025-yil 1-yanvardan boshlab bino yoki avtomobilni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari kengashlari ijara stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.

Xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi
4 yanvar 2025, 11:18

Xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi

“Bedana” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.

Qoraqalpog‘istonda mast askar 5 kishini pichoqladi, ulardan biri vafot etdi
4 yanvar 2025, 10:45

Qoraqalpog‘istonda mast askar 5 kishini pichoqladi, ulardan biri vafot etdi

Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ish Harbiy prokuratura yurituviga olindi.

Men G‘olib Run vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
4 yanvar 2025, 09:00

Men G‘olib Run vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida Men G‘olib Run ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Har yillik sport tadbiri Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligini nishonlashga bag‘ishlanadi.

Nima tayyorlaymiz: tortlar
4 yanvar 2025, 00:27

Nima tayyorlaymiz: tortlar

Shokolad va yalpizli tort, medovik, “Graf vayronalari”, “Napoleon” va boshqa tort retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari YI nomidan Suriyaga bordi
4 yanvar 2025, 00:01

Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari YI nomidan Suriyaga bordi

Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi nomidan Suriyaga borib, muzokaralar o‘tkazdi. Ular Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berish, huquqlar kafolatlari, Rossiyaning u yerdagi harbiy bazalarini yopish kabi masalalarni muhokama qildi.

2025-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi
3 yanvar 2025, 23:11

2025-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi

Prezident 2025-yilda Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va tanlovlar o‘tkazilib, Qarshidagi ko‘chaga uning nomi beriladi.

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 yanvar 2025, 22:32

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya, G‘ayrat Do‘stovning apellyatsiya sudi yakunlari, AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari, elektr va gazda biznes uchun oshirilgan limit va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent shahrida 5-yanvar kuni harbiy parad o‘tkaziladi
3 yanvar 2025, 22:00

Toshkent shahrida 5-yanvar kuni harbiy parad o‘tkaziladi

Toshkent shahrida 5-yanvar kuni Qurolli Kuchlar 33 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Parad “G‘alaba bog‘i”dan boshlanib, Magic City’gacha davom etadi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha bir qator ko‘chalar yopiladi.

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi
3 yanvar 2025, 21:33

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand hokimligi prezident qaroriga (jamoatchilik uchun ochiq emas) tayanib ma’lum qildi.

Foto: Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni
3 yanvar 2025, 21:20

Foto: Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida 1-yanvar kuni Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni bo‘lib o‘tdi. U o‘ninchi yildirki, yangi yilning ilk kunida sportchi va havaskorlarni start chizig‘iga olib chiqib, o‘z orzulari sari yugurishga kuch bag‘ishlamoqda. Marafon ishtirokchilari va sehrli, do‘stona muhit — “Gazeta.uz” reportajida.

G‘ayrat Do‘stov ozod etildi: apellyatsiya sudi hibs muddatini qisqartirdi
3 yanvar 2025, 20:55

G‘ayrat Do‘stov ozod etildi: apellyatsiya sudi hibs muddatini qisqartirdi

Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.

Toqayev Qozog‘istonda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi
3 yanvar 2025, 19:58

Toqayev Qozog‘istonda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi porloq”, — dedi u.

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident
3 yanvar 2025, 19:15

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident

Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

“Davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, yollanma menejer” — Qozog‘iston prezidenti
3 yanvar 2025, 18:45

“Davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, yollanma menejer” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.

“Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi”. Toqayev — Nazarboyevning iste’fodan keyingi harakatlari haqida
3 yanvar 2025, 18:01

“Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi”. Toqayev — Nazarboyevning iste’fodan keyingi harakatlari haqida

Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting