Senat qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, bir yil davomida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchi kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan nemis standartlari asosida o‘qitishni boshlaydi, chunki, Migratsiya agentligiga ko‘ra, “Germaniya ish beruvchilari O‘zbekistondan to‘xtovsiz hamshiralar so‘rayapti”. 3 yillik o‘qishdan so‘ng bitiruvchilarga nemis tili bo‘yicha B2 sertifikati va xalqaro diplom beriladi.
O‘zbekistonda endi transport vositasini keskin boshqarish, ya’ni drift qilish va “shaxmat” shaklida harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bundan tashqari, transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.
Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Senat bir yildan ko‘proq muddatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Tegishli modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar 10 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.
Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi maktabda o‘quvchi ikki qiz sil kasaliga chalingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, uch o‘quvchi va bir o‘qituvchida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.
Dam olish kunlari sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Havo harorati kechasi −7…+3 darajagacha, kunduzi +7…+14 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda tuman tushishi mumkin.
Prezidentning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migratsion profilaktika tuzilmalari tashkil etilmoqda.
23-yanvardan boshlab Janubiy Koreyaning Hyundai brendining yangilangan avtomobillarini yillik 14%dan boshlanadigan stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.
Qarshi shahrida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va 232 mln 848 ming so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Nemis arxitektori va noshiri Filipp Moyzer rus tilida Toshkent arxitekturasi qo‘llanmasining uchinchi nashri, poytaxt mozaikalari va aka-uka Jarskiylar haqidagi kitoblar chop etilishini e’lon qildi. So‘nggisi ilk bor nemis tilida 2023-yilda nashr etilgan. Barcha kitoblar shu yozda chiqariladi.
O‘zbekistonda joriy yilda renovatsiya dasturi asosida 20 ming xonadon qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Davlat rahbari bu boradagi ishlar mamlakatning qator shahar va tumanlarida allaqachon boshlanganini, buni boshqa hududlarda ham ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi.
Yunusobod tumanida Nexia, Lacetti va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish doirasida AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qilishni davom ettirmoqchi, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari.
Senatda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Qonun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, davlat zaxirasi, bozor mexanizmlari, iste’molchi huquqlari va davlat organlari vakolatlarini belgilaydi.
Shavkat Mirziyoyev yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga topshiriq berdi. Bu orqali sohada yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsad qilingan. 2025-yilda kamida 70 ming xonadon uchun ipoteka krediti berish rejalashtirilmoqda.
Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Ular uchun tuman markazlari yoki shaharlardan 1−2 km masofada yer uchastkalari ajratiladi. Massivlarga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul bo‘lgan “O‘z uyim” kompaniyasi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishini ma’lum qildi. Jismoniy shaxslar bu maqsadda so‘nggi 3 yilda sotib olgan yerlarning aksariyatida qurilish boshlanmagan.
Do‘stlik tumanida fuqaro 13 tup tut daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln 750 ming so‘m zarar yetdi. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting