Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida uch yil avval tuman hokimi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari va sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri bilan qarama-qarshiliklarda bankrot yoqasiga kelib qolgan Sulton Tex Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, tizimni “chinakam xalqchil tuzilma”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Prezident tizimdagi davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkazilib, byurokratiya va sarsongarchilik bartaraf etilishini bildirdi.
Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qo‘lga olindi. U 990 ming so‘m miqdorida jarima tortildi.
Prezident yo‘llarda odamlar o‘lib ketayotganiga deputatlar befarq qolayotganini tanqid qilganidan so‘ng, xalq vakillari “yonishni” boshladi. Ular YTHlarni kamaytirish uchun “GAI” aralashuvidan voz kechish, magistrallarda tezlikni 80−90 km/soatga pasaytirish va fotoradarlarni ko‘paytirish kabilarni taklif qilmoqda.
Rossiya Davlat dumasi Armaniston haydovchilik guvohnomalarini mamlakat hududida tan olinishi noma’lum muddatga qoldirdi. Duma spikeri Vyacheslav Volodin Armaniston bu orqali imtiyozlarga ega bo‘lishini, lekin uning rasmiylari “rus tili maqomini mustahkamlash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmayotganini” ta’kidladi.
USAID administratori Samanta Pauer Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini “yangi umid va imkoniyatlar dunyosi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidentining “ushbu muhim mintaqa mamlakatlari va xalqlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish” iltimosiga binoan kelgan.
Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.
2024-yil 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlarning tanloviga ko‘ra, ayrim soliqlar, jumladan, QQS bo‘yicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantiradi. Sotuv cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish muddatlari ham uzaytirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqalararo siyosiy muloqot, savdo, energetika va xavfsizlik kabi sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Tomonlar, shuningdek, sanksiyalardan qochishga qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
USAID rahbari Samanta Pauer Markaziy Osiyo mamlakatlariga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun 14,3 mln dollar ajratilishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, “OAVni qo‘llab-quvvatlash ham demokratik, ham iqtisodiy islohotdir”.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda bog‘lar va uzumzorlarning qatorlari orasiga ekin ekish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Ilmiy-tadqiqot institutlari iqlimga mos ekin turlari, agrotexnika bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berib boradi.
Kun.uz O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi yig‘ilishdan lavhani e’lon qildi. U klasterlar fermerlarga qarab o‘tirmasdan paxta terib ketishiga ruxsat berdi, shuningdek, bu jarayonga Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbarlarining o‘rinbosarlarini jalb qildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlisida Soliq qo‘mitasi vakili siropni bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlar, hamshiralar, shuningdek, dorixona sotuvchilari va rahbarlarini mukofotlash uchun milliardlab pul to‘lab kelinganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi uning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Oybek Hamrayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
USAID administratori Samanta Pauer boshchiligida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh delegatsiyalari iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. “Biz AQShning mintaqaning yanada rivojlanishiga qiziqishini olqishlaymiz”, — dedi O‘zbekiston investitsiyalar vaziri.
Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 1-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medalga ega chiqdi. Eng ko‘p sovrin para kanoye, para dzyudo, para yengil atletika va para taekvondo sport yo‘nalishlarida olindi.
Prezident viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini pasaytirishni buyurdi. Endilikda suv ta’minoti bo‘yicha yangi loyihalar sharoitlar o‘rganilib, aholi rozili olinganidan so‘ng mahalliy kengashlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Mablag‘, pudratchi va ishga tushirish sanalari ma’lumotlari e’lon qilib boriladi.
O‘zbekistonda mikroqarzlarning maksimal summasini 100 mln so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. MB buni talab ortayotgani va qarz oluvchilarning o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati kengayayotgani bilan izohladi. Qonun loyihasi hukumatning yopiq qarori bilan tayyorlangan. Mutaxassis tashabbusning risklarini sanadi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Markaziy Osiyo davlatlarining TIV rahbarlari bilan uchrashuv arafasida “Gazeta.uz” muxbiri savollariga javob berar ekan, Yevroittifoq mintaqa barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga uning davlatlari bilan hamkorlik orqali hissa qo‘shishni istashini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting