Arxiv

DXX raisi: Terrorizmga qarshi kurashda birga harakat qilish orqali natijaga erishish mumkin
4 sentabr 2024, 11:18

DXX raisi: Terrorizmga qarshi kurashda birga harakat qilish orqali natijaga erishish mumkin

SHHT va MDH makonida kechayotgan murakkab harbiy-siyosiy jarayonlar davlatlardan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni birlashtirishni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov. U, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam berish muhimligini ta’kidladi.

Prezident: Inson huquq va erkinliklarini himoyalash terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asosidir
4 sentabr 2024, 10:54

Prezident: Inson huquq va erkinliklarini himoyalash terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asosidir

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, qonun ustuvorligi prinsipiga og‘ishmay rioya etish terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosidir. Bu haqda prezident Toshkentdagi SHHT MAT va MDH AM konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi, ayrim tadbirkorlarga esa QQSning bir qismi qaytariladi
4 sentabr 2024, 10:44

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi, ayrim tadbirkorlarga esa QQSning bir qismi qaytariladi

2028-yilgacha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi.

Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi
4 sentabr 2024, 10:05

Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi

2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi
4 sentabr 2024, 10:02

Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekistonda maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentdagi jamoat transporti va ko‘chalar ertalabdan gavjum bo‘ldi, biroq yirik tirbandliklar kuzatilmadi (maktablar yaqinidagilardan tashqari). Aksariyat OTM talabalari o‘qishni keyingi haftadan boshlaydi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi
4 sentabr 2024, 09:49

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi

Toshkentda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ish boshladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh), YUNISEF va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Paralimpiya o‘yinlari: 7-kunda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashadi
4 sentabr 2024, 08:36

Paralimpiya o‘yinlari: 7-kunda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal olgan Kubaro Hakimova disk uloqtirish bahslarida qatnashadi. Taqvim.

FAO rahbari Syuy Dun’yuy O‘zbekistonga keladi
4 sentabr 2024, 07:55

FAO rahbari Syuy Dun’yuy O‘zbekistonga keladi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Toshkentda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi
3 sentabr 2024, 18:51

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda suhbatlashdi. Prezident bu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi.

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi
3 sentabr 2024, 18:33

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U hukumat vakillari bilan uchrashadi va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha forumda nutq so‘zlaydi.

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi
3 sentabr 2024, 18:24

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi

Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.

Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
3 sentabr 2024, 12:48

Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Mingbuloq tumanining sobiq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatidagi tizimli kamchiliklari uchun ishdan olingandi. 2020-yilda esa fermerlarni so‘kkani uchun jarimaga tortilgan.

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi
3 sentabr 2024, 10:21

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi.

Toshkentda SHHT va MDH davlatlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi
3 sentabr 2024, 10:07

Toshkentda SHHT va MDH davlatlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 10-xalqaro konferensiyasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar doirasida MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
3 sentabr 2024, 09:49

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 6 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi
3 sentabr 2024, 09:11

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi

Anqara shahrining Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykali ochildi. Bungacha shoir haykali dunyoning 10 ga yaqin shahrida o‘rnatilgan.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
3 sentabr 2024, 08:56

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
3 sentabr 2024, 06:55

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

“Hashar kishini ma’nan poklaydi”. “Do‘stlik” bog‘ida aholi tashabbusi bilan o‘tkazilgan shanbalik haqida
2 sentabr 2024, 20:53

“Hashar kishini ma’nan poklaydi”. “Do‘stlik” bog‘ida aholi tashabbusi bilan o‘tkazilgan shanbalik haqida

Umumxalq hashari bahona Toshkent shahar Yakkasaroy tumani aholisi “Do‘stlik” bog‘ida shanbalik o‘tkazdi. “Gazeta.uz” ular bog‘ni nima uchun o‘z tashabbuslari bilan tozalayotganliklariga qiziqdi.

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar Surxondaryodagi vodorod sulfid chiqqan joyga bordi
2 sentabr 2024, 20:44

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar Surxondaryodagi vodorod sulfid chiqqan joyga bordi

Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting