Qozog‘iston rasmiylari 25-dekabr kuni Aqtau yaqinida qulagan Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi. Komissiya samolyot korpusida ko‘plab shikastlanishlarni aniqladi, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu “tashqi obyektlar” tufayli yuzaga kelgan.
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumda ishtirok etdi. Forumda transport, savdo, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev maqsad munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish ekanini ta’kidladi.
Donald Tramp AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)dan chiqishi to‘g‘risida farmon imzoladi. U, shuningdek, BMTni “yaxshi boshqarilmayotgani” uchun tanqid qildi.
Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari oshishi kutilmoqda. Bu borada hokimlik qarori loyihasi e’lon qildi. Savdoning qator turlaridagi patta narxini 29 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda DXX va IIV tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari davomida 112 kg giyohvandlik vositalari va 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tadbirda 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida bojxona, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma va 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejasi imzolandi.
Namangan viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi o‘z yordamchisini kaltaklaganlikda gumonlanmoqda. Voqea bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri 2025−2026-yillarni o‘zaro sheriklikni innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib oldi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti uchun platforma yaratiladi, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va sanoat kooperatsiyasi dasturi ishlab chiqiladi.
O‘zbekistondan chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya bildirdi Pensiya jamg‘armasi. Fuqaro qaytib kelganida olinmay qolgan oylardagi mablag‘ning 24 oyligini olish huquqiga ega.
O‘zbekistondagi chegara punktlaridan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi. Xizmat doirasida pasport va bojxona nazorati uchun alohida yo‘lak, VIP zal va boshqa sharoitlar yaratiladi. Uning narxi BHMning 15 foizini tashkil etadi. 1-maydan u 12 ta nazorat-o‘tkazish punktida paydo bo‘ladi.
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi. Adliya vazirligi mazkur hujjatni viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga topshirdi.
O‘zbekistonda 1-martdan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, xizmatda foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari beriladi.
AQSh G‘azo sektorini egallaydi va falastinliklar boshqa joyga ko‘chirilgandan so‘ng uni iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi, dedi Tramp Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashuvi doirasida. Prezident G‘azoga AQSh qo‘shinlari yuborilishini istisno qilmadi.
Kuala-Lumpurdagi hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Foto.
Do‘stlik tumanida erkak 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Hukumat 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini oshirishni tasdiqladi. U mashina ishlab chiqarilgan yilga qarab 45 mln dan 78,5 mln so‘mgacha bo‘ladi. Maqsad — akkumulyator batereyalarini utilizatsiya qilish uchun infratuzilma tashkil etishni moliyalashtirish. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz qo‘llanadi.
Rasmiy tashrif bilan Malayziyaga ketgan prezident, 669 ming so‘mgacha ko‘tarilgan kambag‘allik chegarasi, kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im miqdori, shu yil boshlanadigan Transafg‘on temiryo‘li qurilishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda noqonuniy binolarni buzishning yangi to‘lqini. Yunusobodda yanvar oxirida rasmiylar Nice Joy kafesi terrasasini demontaj qilishni talab qildi, qo‘shni “Falafel”da esa zudlik bilan buzish boshlandi. Muassasa vakillari konstruksiyani qonuniylashtirishga harakat qilgani, ammo rad javobi olganini aytdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyodagi eng qadimiy va kuchli turnirlardan biri — Veyk-an-Zeyedagi Tata Steel Chess’da uchinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillardagi kabi, u g‘alaba qozonishga yaqin edi, lekin finishda uch marta qoqildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting