Arxiv

Boks: Isroil Madrimov ikkita chempionlik kamari uchun kechgan jangda Terens Kroufordga yutqazdi
4 avgust 2024, 11:06

Boks: Isroil Madrimov ikkita chempionlik kamari uchun kechgan jangda Terens Kroufordga yutqazdi

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov professional ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Ikkita chempionlik kamari uchun kurashda u ikki karra mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga yutqazdi.

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi
4 avgust 2024, 09:44

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi

Andijonda erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Firibgarlik uchun 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
4 avgust 2024, 09:33

Firibgarlik uchun 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

Parij-2024: 4-avgust kuni o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?
4 avgust 2024, 09:16

Parij-2024: 4-avgust kuni o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?

Yakshanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov final uchun jang qiladi. Yengil atletikachi Anvar Anvarov o‘z ishtirokini boshlasa, Safina Sadullayeva finalda qatnashadi. Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha guruh bahslarida kurash olib boradi.

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
3 avgust 2024, 17:03

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning faoliyatidan O‘zbekistonga yetkazilgan zarar 12 mlrd so‘m (salkam 1 million dollar)ga baholanmoqda.

Iyulda 234,7 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
3 avgust 2024, 16:58

Iyulda 234,7 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Iyul oyida 801 ta holatda jami 234 mlrd 778 mln so‘mlik elektr va tabiiy gaz talon-toroj qilindi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

78-o‘rin: O‘zbekistonning Huquq ustuvorligi indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi
3 avgust 2024, 16:49

78-o‘rin: O‘zbekistonning Huquq ustuvorligi indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

World Justice Project xalqaro nodavlat tashkilotining 2023-yilgi Huquq ustuvorligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 142 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi (2022-yilda ham shunday natija bo‘lgan).

Parij Olimpiadasidagi o‘zbekistonlik bokschilar: kim qaysi bosqichda?
3 avgust 2024, 15:29

Parij Olimpiadasidagi o‘zbekistonlik bokschilar: kim qaysi bosqichda?

2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi medallar uchun jangni davom ettirmoqda. 5 nafar bokschi esa musobaqadan chiqib ketdi. “Gazeta.uz” sportchilarning natijalari haqida ma’lumot beradi.

DXX 4 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotganlarni ushladi
3 avgust 2024, 13:13

DXX 4 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotganlarni ushladi

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi (8500$), Xorazmda DUK mutaxassisi (3500$) va Savdo-sanoat palatasi bo‘limi xodimi, Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. (1500$), Samarqandda MCHJ mutaxassisi (1100$) hamda bojxona posti boshlig‘i (200$) korrupsiya va firibgarlikda gumonlanib ushlandi.

Vengriya poytaxti ta’mlari: Budapeshtda nimalarni tatib ko‘rish kerak?
3 avgust 2024, 13:00

Vengriya poytaxti ta’mlari: Budapeshtda nimalarni tatib ko‘rish kerak?

Qanot Sharq aviakompaniyasi Vengriya poytaxtining noyob milliy taomlari bilan tanishish va boy gastronomik madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qiladi.

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tuzilmoqda
3 avgust 2024, 11:57

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tuzilmoqda

O‘zbekiston prezidenti huzurida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha davlat rahbari huzuridagi yuqori maslahat organi — Iqlim kengashi tuziladi.

Parij 2024. 3-avgustda O‘zbekiston sportchilarining ishtiroki taqvimi
3 avgust 2024, 11:48

Parij 2024. 3-avgustda O‘zbekiston sportchilarining ishtiroki taqvimi

Parij Olimpiadasining 8-kunida Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Navbahor Hamidova chorak final jangini o‘tkazadi. Velosportchi Nikita Svetkov guruh poygasida qatnashadi. Akademik eshkak eshishda Anna Prakaten B finalda o‘ynasa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekistonga nimchorak finalda Kanada raqib bo‘ladi.

2-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
2 avgust 2024, 23:28

2-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Fuqaroga tarsaki tushirgani uchun jazolangan Chiroqchi hokimi, O‘zbekistonning Olimpiadadagi navbatdagi medali, elektromobillar importiga bojni “100 foiz” qo‘llashini aytgan SSP rahbari, Toshkentda quriladigan 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Metan narxi keskin oshishiga sabab yo‘q — Raqobat qo‘mitasi
2 avgust 2024, 23:11

Metan narxi keskin oshishiga sabab yo‘q — Raqobat qo‘mitasi

Metan narxlari erkinlashtirilayotgani fonida Raqobat qo‘mitasi AGTKSHlardagi narxlarni monitoring qildi. Unga ko‘ra, narx cheklovi bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning 71 foizi 3750 so‘m narxni saqlab qolgan, 25 foizi esa 200 so‘mgacha oshirgan. Narxlar keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar yo‘q, deb yozdi qo‘mita.

Toshkentda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi
2 avgust 2024, 21:58

Toshkentda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi

Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi
2 avgust 2024, 21:41

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Elchixona Isroilning ayrim hududlariga bormaslik, rasmiy xabarlarni kuzatib borish, ommaviy yig‘ilish va jamoat joylariga tashrif buyurmaslikni so‘radi.

Dzyudochi Alisher Yusupov Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi
2 avgust 2024, 21:10

Dzyudochi Alisher Yusupov Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Dzyudochi Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etdi. Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida barchasi dzyudochilar tomonidan qo‘lga kiritilgan 1 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud.

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi
2 avgust 2024, 20:37

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi

Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.

Samarqandda Ayollar filmlari festivali bo‘lib o‘tadi
2 avgust 2024, 20:11

Samarqandda Ayollar filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

13−18-avgust kunlari Samarqand shahrida Global Janub ayol rejissyorlari kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo, Falastin, Vetnam, Gruziya va Hindiston mualliflarining hujjatli va eksperimental qisqa metrajli va badiiy filmlari namoyish etiladi. Dasturda master-klasslar va ma’ruzalar ham mavjud.

Turkiyada Instagram bloklandi
2 avgust 2024, 19:40

Turkiyada Instagram bloklandi

Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting