Arxiv

Afg‘onistonning Royal ichimligida me’yordan ortiq bo‘yoq borligi aniqlandi
1 avgust 2024, 09:33

Afg‘onistonning Royal ichimligida me’yordan ortiq bo‘yoq borligi aniqlandi

Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Royal anor sharbati tarkibidagi E122 azorubin bo‘yog‘i me’yordan oshib ketgan, deb xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi. Ushbu bo‘yoq bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil
31 iyul 2024, 23:47

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil

Yaponiyada guruch zaxiralari hosil kamayishiga olib kelgan turizm bumi va jazirama tufayli so‘nggi o‘nyilliklardagi eng past darajaga tushdi. Tanqislik sharoitida ekin narxi 30 yillik maksimumga yetdi.

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV
31 iyul 2024, 23:28

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi qizi Kim Ju Eyni vorislikka tayyorlashni boshlagan, deb hisoblamoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay (taxminan 11 yoshda), u barcha muhim tadbirlarda, jumladan, raketa sinovlarida otasiga hamroh bo‘lmoqda.

Parij-2024: O‘zbekistonning yana ikki bokschisi chorak finalga chiqdi
31 iyul 2024, 23:02

Parij-2024: O‘zbekistonning yana ikki bokschisi chorak finalga chiqdi

Bokschilar Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Parij Olimpiadasidagi debyutini g‘alaba bilan boshlab, chorak finalga yo‘l oldi. 31-iyul kungi bahslarda qatnashgan kamonchilar va dzyudochilar musobaqani medallarsiz yakunladi.

31-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 iyul 2024, 22:32

31-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Timur Kapadzening Olimpiadadagi ishtirok haqidagi fikrlari, bir nechta mahsulotlarda kamchiliklar aniqlagan Raqobat qo‘mitasi, elektr uchun to‘lovlarda ehtimoliy uzilishlar, Qozog‘istonga boradigan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘zbekistonda YouTube sekinlashmayapti” — RTV
31 iyul 2024, 21:45 1

“O‘zbekistonda YouTube sekinlashmayapti” — RTV

Rossiyada YouTube videohosting xizmatining sekinlashishi ushbu xizmatning O‘zbekistondagi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Gugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi
31 iyul 2024, 21:08

Gugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi

O‘zbekistondagi do‘konlarda sotilayotgan beshta savdo belgisining gugurt mahsulotlari sifat standarti talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining yozishicha, ularning qutilariga me’yordan kam gugurt cho‘pi solinadi. Ularga nisbatan chora ko‘riladi.

“Bu O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun zo‘r jang bo‘ladi”. Hasanboy Do‘smatov — chorak finaldagi jangi oldidan
31 iyul 2024, 19:10

“Bu O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun zo‘r jang bo‘ladi”. Hasanboy Do‘smatov — chorak finaldagi jangi oldidan

Parij Olimpiadasining 1/8 finaliga yetib kelgan bokschi Hasanboy Do‘smatov 3-avgustda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqadi. 31 yoshli Do‘smatov raqibi bilan tanish ekani, u bilan ringda ko‘p to‘qnash kelganini aytdi. Kim kuchli, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha yutadi, dedi sportchi.

“Uning o‘rnida bo‘lganimda men ham yig‘lardim”. Diyora Keldiyorova — Uta Abening mag‘lubiyatdan keyingi reaksiyasi haqida
31 iyul 2024, 17:47

“Uning o‘rnida bo‘lganimda men ham yig‘lardim”. Diyora Keldiyorova — Uta Abening mag‘lubiyatdan keyingi reaksiyasi haqida

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova so‘nggi 5 yil ichida ilk bor mag‘lub bo‘lgan raqibi Uta Abening o‘rnida o‘zi ham yig‘lagan bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dzyudochilar Olimpiadaga chiqish va g‘alaba qozonish uchun katta kuch sarflaydi, ertalabdan kechgacha mashq qiladi, shaxsiy hayotini unutadi.

Namanganda attraksion daraxtga urilishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
31 iyul 2024, 17:46

Namanganda attraksion daraxtga urilishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi.

Parijdagi Samsung Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida taqdim etilgan qurilmalar sotuvi boshlandi
31 iyul 2024, 17:00

Parijdagi Samsung Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida taqdim etilgan qurilmalar sotuvi boshlandi

Yangi Samsung qurilmalari Parijdagi Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida taqdim etildi va endilikda jahon bo‘ylab sotuvga chiqdi.

Dunyoning istalgan nuqtasidan BI Group xonadonlarini onlayn sotib olish mumkin
31 iyul 2024, 15:00

Dunyoning istalgan nuqtasidan BI Group xonadonlarini onlayn sotib olish mumkin

BI Group developerlik kompaniyasi uy-joyni onlayn sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Mijozlar, shuningdek, real vaqt rejimida qurilishning borishini kuzatishi mumkin.

“Biz bundan ham ko‘piga loyiq edik va kuchimiz yetardi”. Timur Kapadze Olimpiadadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qildi
31 iyul 2024, 14:27

“Biz bundan ham ko‘piga loyiq edik va kuchimiz yetardi”. Timur Kapadze Olimpiadadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Olimpiadadagi natijalarni sarhisob qildi. Uning aytishicha, jamoa raqiblarini mag‘lub etishi uchun kuchi yetardi, ammo “qayerdadir omad, qayerdadir mahorat, tajriba yetishmadi”. Turnir katta tajriba berdi va jamoani kuchliroq qildi, dedi u.

OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
31 iyul 2024, 13:10

OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi. Pullar mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

31-iyuldan 5-avgustgacha elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin
31 iyul 2024, 12:21

31-iyuldan 5-avgustgacha elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin

Yangi HET Billing elektr energiyasini hisoblash tizimining ishga tushirilishi sababli 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust 22:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar qildi “HET”. Bu vaqt ichida elektr uchun to‘lovlarda uzilishlar bo‘lishi mumkin va qarzdor iste’molchilar ta’minotidan uzilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
31 iyul 2024, 11:53

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident 7−8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Do‘konlarda sotilayotgan 8 ta oziq-ovqat mahsuloti amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topildi
31 iyul 2024, 11:27

Do‘konlarda sotilayotgan 8 ta oziq-ovqat mahsuloti amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi do‘konlardan nazorat uchun sotib olingan 8 nomdagisi oziq-ovqat mahsulotini laboratoriya sinovlari amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topganini ma’lum qildi.

Parij-2024: 31-iyul kuni musobaqalarga kirishadigan o‘zbekistonliklar va ularning raqiblari (ro‘yxat)
31 iyul 2024, 10:59

Parij-2024: 31-iyul kuni musobaqalarga kirishadigan o‘zbekistonliklar va ularning raqiblari (ro‘yxat)

Parij Olimpiadasining 5-kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi medal uchun kurashni boshlaydi. Dzyudochi Gulnoza Matniyozova va Davlat Bobonov nimchorak final uchun bellashadi. Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev boks, Amirxon Sadikov va Ziyodaxon Abdusattorova esa kamondan otish bahsida qatnashadi.

Nukusdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
31 iyul 2024, 10:05

Nukusdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

22-avgustdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga Nukus shahridan temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd haftada uch marta harakatlanadi, qatnov salkam 21 soatni tashkil qiladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
31 iyul 2024, 09:54

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalqaro islom akademiyasi professori Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting