Arxiv

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari eksportini 2 karra oshirmoqchi
21 yanvar 2025, 23:05

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari eksportini 2 karra oshirmoqchi

Prezidentga parrandachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi. Joriy yilda 1 mln tonna parranda go‘shti, 10,5 mlrd tuxum yetishtirish, eksportni 2 karra oshirib, 180 mln dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu uchun, xususan, kam quvvatdagi yoki to‘xtab qolgan korxonalar moliyaviy sog‘lomlashtiriladi.

“O‘zbekekspertiza”ga yangi rahbar tayinlandi
21 yanvar 2025, 22:33

“O‘zbekekspertiza"ga yangi rahbar tayinlandi

Akrom Vasilov “O‘zbekekspertiza” bosh direktori v.v.b. etib tayinlandi. U bunga qadar “Markazsanoateksport” davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi hamda “O‘zsanoateksport"da turli lavozimlarda ishlagan.

Toshkentda Yaponiya ko‘magida Nevrologiya va insult markazi tashkil etiladi
21 yanvar 2025, 22:14

Toshkentda Yaponiya ko‘magida Nevrologiya va insult markazi tashkil etiladi

Yaponiya O‘zbekistonga Toshkentda Nevrologiya va insult markazi qurish va jihozlash, shuningdek, Samarqand va Buxorodagi tibbiyot muassasalarini uskunalar bilan ta’minlash uchun 147,3 million dollar miqdorida kredit ajratdi.

2024-yilda O‘zbekistonga gaz importi 2,4 baravar, eksporti 18,4% o‘sdi (qiymat jihatdan)
21 yanvar 2025, 22:00

2024-yilda O‘zbekistonga gaz importi 2,4 baravar, eksporti 18,4% o‘sdi (qiymat jihatdan)

2024-yilda O‘zbekiston yana gazni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qildi va sof importyor maqomini saqlab qoldi. Import qiymat jihatdan 2,4 barobar — $1,68 milliardgacha o‘sdi. Eksport ham oshdi — $627,6 milliongacha yoki 18,4%. Xitoy esa O‘zbekiston gazini $726,26 millionga sotib olganini ma’lum qildi.

Toshkentda “GAZel” urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
21 yanvar 2025, 21:22

Toshkentda “GAZel” urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “GAZel” belgilanmagan joydan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi. Mashina boshqaruvni yo‘qotib, BYD va Matiz bilan ham to‘qnashdi. Aholi mazkur hududda piyodalar o‘tish joyi yo‘qligini ta’kidlamoqda va mas’ullardan harakat xavfsizligini yaxshilashni so‘ramoqda.

O‘zbekiston prezidenti Boludagi kurortda yong‘in yuz bergani bo‘yicha Turkiya yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi
21 yanvar 2025, 20:50

O‘zbekiston prezidenti Boludagi kurortda yong‘in yuz bergani bo‘yicha Turkiya yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi kurort mehmonxonasida yong‘in chiqqani va kamida 66 kishi halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi.

Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
21 yanvar 2025, 19:52

Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi. Ravshan Ermatov O‘FA rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi
21 yanvar 2025, 18:42

Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi

Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin
21 yanvar 2025, 18:08

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin

Tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarga penya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi bu me’yor elektr, gaz va suv ta’minotidagi uzilishlarga ham tatbiq etiladimi, deya so‘radi.

Buxoroda saksovul kesib, uni olib qochib ketayotganlar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi
21 yanvar 2025, 17:43

Buxoroda saksovul kesib, uni olib qochib ketayotganlar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi

Olot tumanida noqonuniy saksovul kesib, olib qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Ta’qib qilish vaqtida ular inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Sud ularga 41,6 mln so‘m jarima jazosi tayinladi. Mashinaga yetkazilgan zarar ham qoplandi.

Milliy gvardiya xodimlari fuqarolarga o‘zini tanishtirishi majburiy bo‘lishi belgilanmoqda
21 yanvar 2025, 17:22

Milliy gvardiya xodimlari fuqarolarga o‘zini tanishtirishi majburiy bo‘lishi belgilanmoqda

Deputatlar birinchi o‘qishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi, shuningdek, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shartligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi
21 yanvar 2025, 16:54

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Maktubda Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
21 yanvar 2025, 16:41

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitishni onlayn nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
21 yanvar 2025, 15:58

1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitishni onlayn nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida 2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 1-apreldan esa 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” bozorida kartoshka oy boshidan buyon 37−85 foizga qimmatladi. Vazirlik izoh berdi
21 yanvar 2025, 15:42

Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” bozorida kartoshka oy boshidan buyon 37−85 foizga qimmatladi. Vazirlik izoh berdi

3−21-yanvar kunlari Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” (Food City) bozorida kartoshka 37−85 foizga qimmatladi. Narxlarning oshishi Qozog‘istonning ushbu mahsulot eksportini taqiqlashi fonida ro‘y bermoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi zarur kartoshka zaxirasi shakllantirilib, ichki bozorga chiqarilayotganini ma’lum qildi.

Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi
21 yanvar 2025, 15:19

Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Adliya vazirligida sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

O‘zbekistonda daraxtlar ekkan ayrim fuqarolarga subsidiya beriladi
21 yanvar 2025, 14:53

O‘zbekistonda daraxtlar ekkan ayrim fuqarolarga subsidiya beriladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
21 yanvar 2025, 12:28

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi
21 yanvar 2025, 11:57

Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi
21 yanvar 2025, 11:42

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi

Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Loyiha 1-maygacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting