Arxiv

Ayrim banklarda dollar kursi 11 500 so‘mga yetdi
17 aprel 2023, 09:53

Ayrim banklarda dollar kursi 11 500 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 500 so‘m.

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan
17 aprel 2023, 09:51

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan

Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 4 medalni qo‘lga kiritdi
17 aprel 2023, 09:23

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 4 medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida
17 aprel 2023, 08:59

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida

O‘rni kelsa prezidentlarni-da tanqid qilishdan toymagan, haqiqatparast va o‘ta sinchkov sudya sifatida tarixda qolgan Ginzburg xonimdan amerikalik ayollarning ko‘pi minnatdor. Chunki u boshlagan, qat’iy kurashgan muammolar nafaqat taqdirlarni o‘zgartirdi, ayolning jamiyatdagi o‘rnini ham uzil-kesil aniqladi.

Toshkentda yuk mashinasiga borib urilgan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi
16 aprel 2023, 12:30

Toshkentda yuk mashinasiga borib urilgan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi

Sergeli tumanida Cobalt to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi
16 aprel 2023, 12:02

Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi

Tarmoqlarda Qozog‘istonga import qilingan 43 tonna pomidorda xavfli virus aniqlangani haqida xabar tarqalgandi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi buni rad etib, qo‘shni mamlakatdan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagani va e’tiroznoma jo‘natmaganini bildirdi.

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi
16 aprel 2023, 10:58

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi
16 aprel 2023, 10:43

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

19-aprel kuni Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu vaqtda yangi bekatlarni texnik jihatdan bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. 6−7-bekatlar oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Krasnogorsk qo‘rg‘onidan Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
16 aprel 2023, 10:22

Krasnogorsk qo‘rg‘onidan Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatidagi Krasnogorsk qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.

“Hali ot o‘g‘rilari ham Oshnodan jabr chekkan bo‘lib chiqajak. Lekin men indamay turaman”
16 aprel 2023, 10:16

“Hali ot o‘g‘rilari ham Oshnodan jabr chekkan bo‘lib chiqajak. Lekin men indamay turaman”

35 yil muqaddam 1970−1980-yillardagi turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi “Lolazor” romani nashrdan chiqqan edi. Asar muallifi Murod Muhammad Do‘st 12-aprel kuni 74 yoshni qarshiladi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan romandan parchalar beradi.

“Xursand bo‘lishga hali erta”. “Madaniyat va ma’rifat” telekanali haqida faollar fikri
15 aprel 2023, 18:10

“Xursand bo‘lishga hali erta”. “Madaniyat va ma’rifat” telekanali haqida faollar fikri

Jamoatchilikning yeskin tanqidlardan so‘ng madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi “Karvon”ga o‘zgartirilmasligini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” o‘zbek ziyolilari va “Madaniyat va ma’rifat” telekanali xodimining kanal rivojiga oid takliflarini eshitdi.

O‘zbekistonda pomidor narxi keskin tushib ketdi — EastFruit
15 aprel 2023, 16:59

O‘zbekistonda pomidor narxi keskin tushib ketdi — EastFruit

O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya neft yetkazib berishni ko‘paytirish va atom inshootlari qurishni muhokama qildi
15 aprel 2023, 16:44

O‘zbekiston va Rossiya neft yetkazib berishni ko‘paytirish va atom inshootlari qurishni muhokama qildi

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi atom energetikasi inshootlarini qurishda ishtiroki istiqbollarini muhokama qildi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
15 aprel 2023, 15:00

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
15 aprel 2023, 13:50

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi
15 aprel 2023, 12:28

Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi

Tarmoqlarda Shahrixon tumanida IIO xodimlari fuqarolar bilan mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Uch fuqaroga JKning 3 ta moddasi bilan hujjat rasmiylashtirildi. Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.

O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi
15 aprel 2023, 11:21

O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi
15 aprel 2023, 10:29

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi

Pop tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan DAF yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, to‘liq yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Nima tayyorlaymiz: Kartoshkali taomlar
15 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Kartoshkali taomlar

Kartoshkadan tayyorlangan pishloqli toblatma, klyotskalar, chalpak, krem-sho‘rva, manti va boshqalar — Zira.uz mazali kartoshkali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Qozog‘iston va Xitoy o‘zaro vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda
14 aprel 2023, 23:00

Qozog‘iston va Xitoy o‘zaro vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Vizasiz qolish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting