Arxiv

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18 aprel 2023, 17:07

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Vazir Hilola Umarova holatga munosabat bildirib, video e’lon qildi.

Samarqandda bolani muntazam kaltaklab kelgan enaga 5 yilga qamaldi
18 aprel 2023, 17:02

Samarqandda bolani muntazam kaltaklab kelgan enaga 5 yilga qamaldi

Samarqand shahrida bolani muntazam do‘pposlab kelgan enaga 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolaning qovurg‘alari sinib siljigan, undagi jarohatlar hayot uchun o‘ta xavfli deb baholangan.

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
18 aprel 2023, 16:43

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda
18 aprel 2023, 16:29

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda

Uzun tumanidagi maktabda bir erkak o‘qituvchilarni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani, Bosh prokuratura esa o‘rganish natijalari qonun doirasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida
18 aprel 2023, 15:32

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi
18 aprel 2023, 15:15

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi

Oqdaryo tumanida fuqaro o‘rmon xo‘jaligining 3 gektar yerini 25 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
18 aprel 2023, 15:14

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgan edi.

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda
18 aprel 2023, 13:48

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda

Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi
18 aprel 2023, 13:12

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi

YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobiga Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus olib kelinadi. 95 mln dollarlik loyiha 2 bosqichda amalga oshiriladi.

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi
18 aprel 2023, 12:28

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi

Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning sifati tanqid qilingach, hududda o‘rganish o‘tkazildi. obyektda ko‘plab me’yoriy talablar buzilgani aniqlandi. Hozirda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan, pudratchi ma’muriy jarimaga tortildi.

O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda salkam 14 ming kishi sudlandi
18 aprel 2023, 11:44

O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda salkam 14 ming kishi sudlandi

2023-yilning o‘tgan uch oyi mobaynida 13 907 nafar kishi sudlandi. Shundan 3 707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 2022-yilda esa 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionati Argentinada o‘tadigan bo‘ldi
18 aprel 2023, 11:03

Futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionati Argentinada o‘tadigan bo‘ldi

FIFA Argentinaning yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishini bildirdi. Avvalroq Indoneziya rasmiylarining futbol tashkiloti faoliyatiga aralashgani ortidan mamlakat turnirga mezbonlik qilish huquqidan mahrum etilgandi.

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
18 aprel 2023, 10:28

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yo‘lovchi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistonga birinchi reys bilan 160 nafar yo‘lovchi uchib keldi.

Banklarda dollarning sotuv kursi oshib, 11 510 so‘mga yetdi
18 aprel 2023, 10:19

Banklarda dollarning sotuv kursi oshib, 11 510 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 18-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 385 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 450 — 11 510 so‘m.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18 aprel 2023, 09:14

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Usmanov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasida ishlagan.

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi
18 aprel 2023, 02:08

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.

Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura
17 aprel 2023, 23:29

Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura

Tarmoqlarda Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, jabrlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi. Pichoqlangan fuqaro tirik qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Markaziy bank aholidan to‘lovlarni qabul qilishda komissiya miqdorini cheklashni taklif qilmoqda
17 aprel 2023, 23:17

Markaziy bank aholidan to‘lovlarni qabul qilishda komissiya miqdorini cheklashni taklif qilmoqda

Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda. 1-maydan komissiya to‘lovchidan emas, balki to‘lov summasidan chegirib tashlash yo‘li bilan undiriladi.

O‘zbekiston hududlarida sut yig‘ish markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda
17 aprel 2023, 22:55

O‘zbekiston hududlarida sut yig‘ish markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Jumladan, hududlarda sut yig‘ish markazlarini tashkil etish, chorva mollarini identifikatsiya qilish, parrandachilik xo‘jaliklariga 35 mln dollar ajratish, krevetkani sanoat usulida yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Qurilish vazirligi Olmaliqda 9 qavatli uy qurilishini to‘xtatdi
17 aprel 2023, 22:44

Qurilish vazirligi Olmaliqda 9 qavatli uy qurilishini to‘xtatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda qurilayotgan 9 qavatli uyning tayanch ustunlari armaturalari ingichkaligi, ular orasidagi masofaning kattaligi hamda beton sifati pastligi aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi ish to‘xtatilgani, o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting