Seshanba kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi. Hafta davomida harorat kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Milliy turoperator Asialuxe Travel Maldiv orollarida ta’tilni oldindan band qilishning afzalliklari haqida gapirib berdi.
Markaziy bank ikkilamchi bank hisob raqamlari orqali chet el valyutasi tovarlar importi doirasida noqonuniy olib chiqib ketilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Komplayens-nazorat choralaridan asosiy maqsad banklar va tadbirkorlik subyektlari sanksiya cheklovlariga tushishining oldini olish, dedi MB raisi.
Ar-Riyodda o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi 31 ta obyektidan iborat Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami 7 ta) medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida 18 va 19-sentabr kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Prezidentning AQShga tashrifi arafasida Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohalari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi.
Sakkiz oy davomida O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan ikki oyda xarajatlar daromaddan 12,2 trln so‘mga oshdi. Eslatib o‘tamiz, hukumat 2023-yil yakunlari bo‘yicha profitsit bo‘lishini prognoz qilgan edi.
Adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimovning vafoti jamoatchilikni chuqur qayg‘uga soldi. Faollar ijtimoiy tarmoqlarda olimning hayoti, ijod yo‘li va faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralarni esga oldi. “Gazeta.uz” ularning bir qismini bir materialga jamladi.
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Jizzax yo‘nalishida ko‘prik cho‘kishi oqibatida harakat cheklandi. Haydovchilar uchun aylanma yo‘l tashkil etildi. Toshkentga yo‘l olgan transport vositalari eski yo‘ldan harakatni davom ettirishlari mumkin.
Davlat maktablaridagi “tijoriy” sinflar, necha yildirki, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusi. “Gazeta.uz” muxbiri Anna Sadriyeva bunday sinflar nima, ularda o‘qish narxi qancha, o‘quvchilarga qanday qo‘shimcha xizmat ko‘rsatiladi va bu ularning huquqlarini poymol etmaydimi kabi savollarga javob izladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov 90 yoshida vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi. Bir necha kun davom etadigan tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Buxoro viloyatida Spark avtomobilida 25 nafar yosh bolani mindirib olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Haydovchi bog‘cha mudirasi bo‘lib, bolalarni uyiga shunday tarzda olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.
Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.
Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi. Tariflar aholi uchun o‘zgarishsiz qoldi. Shuningdek, gaz “zapravka”larda 6 oy davomida narxni 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Valyuta operatsiyalarini cheklash qarori qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ushbu qaror bekor bo‘lganini e’lon qilarkan, “Jamiyat qabul qilmagan qaror noto‘g‘ri qarordir”, dedi. “Liberallashtirishda ortga qaytish haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16-sentabrda yakunlandi. Jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchilar g‘alabani bayram bilan nishonlashmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting