Arxiv

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi
4 sentabr 2023, 10:29

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ayrim davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Joylarga chiqib ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha bir maralik to‘lov undiriladi.

IFC O‘zbekistonga investitsiya qonunchiligini takomillashtirishga yordam beradi
4 sentabr 2023, 10:27

IFC O‘zbekistonga investitsiya qonunchiligini takomillashtirishga yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga yangi investitsiya qonunchiligini tayyorlashda yordam beradi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsad qilingan.

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi
4 sentabr 2023, 10:09

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi

Dushanbadan Toshkentda yettita yangi avtobus yo‘nalishi va eng tig‘iz vaqtlarda ishlovchi uchta vaqtincha ekspress yo‘nalish tashkil etildi. Avgust oyi oxirida uchta yo‘nalish harakati qisqartirildi.

Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi
4 sentabr 2023, 10:02

Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi

Toshkent viloyatida 4-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta mobil radarlar ish boshladi. Ro‘yxat.

Foto: Qizilqum cho‘llarida “Stixiya” elektron musiqa festivali qanday o‘tdi?
3 sentabr 2023, 18:50

Foto: Qizilqum cho‘llarida “Stixiya” elektron musiqa festivali qanday o‘tdi?

Sentabr boshida Qizilqum cho‘llarida “Stixiya” elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tadbir o‘zida 10 dan ortiq davlatdan kelgan 2 mingdan ortiq ixlosmandlarni jamladi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Stixiya 2024-yilda yana Mo‘ynoqqa qaytadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
3 sentabr 2023, 17:52

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Toir Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi
3 sentabr 2023, 17:33

Asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati (ADVR) tasdiqlandi. Undan 65 guruhga mansub dorilar o‘rin egallagan. Ro‘yxatdan tibbiyot muassasalari ehtiyojini tahlil etish, bunday dorilar mavjudligini monitoring qilish, narxini shakllantirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi
3 sentabr 2023, 15:14

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti kiritilayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi shartnomalarda “soatlik, kunlik, oylik va yillik” hajm belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilganini bildirdi. Iste’molchilar qo‘shimcha gaz so‘rab murojaat qilishi mumkin, deydi vazirlik.

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Quyoshli” maktab bozori
3 sentabr 2023, 14:53

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Quyoshli” maktab bozori

“Quyoshli” maktab bozori, necha yildirki, keng tanlov va xamyonbop narxlari bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Ko‘pchilik yangi o‘quv yili arafasida shu yerdan bozorlik qiladi. “Gazeta.uz” muxbiri bozorda bo‘lib, yangi urfga kirgan avokadoli muqovalar va “Quyoshli” fenomeni haqida sotuvchilar bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medalli bo‘ldi
3 sentabr 2023, 14:16

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medalli bo‘ldi

Vengriyada bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xo‘jayev bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu fan bo‘yicha olimpiadadagi ilk medallar bo‘ldi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi
3 sentabr 2023, 13:43

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi

Parijda o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U iyun oyida ham Rimda o‘tgan ushbu musobaqada chempion bo‘lgandi.

Zamonaviy tramvay qanday bo‘lishi kerak?
3 sentabr 2023, 06:33

Zamonaviy tramvay qanday bo‘lishi kerak?

Toshkentdagi qator ko‘chalarni qayta loyihalashtirishda qatnashgan Arkadiy Gershman Parij misolida zamonaviy tramvay tizimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida video tayyorladi. Yaqin yillarda Toshkentga tramvay qaytishi kutilmoqda. Shu nuqtai nazardan “Gazeta.uz” urbanist e’tibor qaratgan asosiy nuqtalarni jamladi.

Foto: Islom Karimovning sharhsiz va izohsiz suratlari
2 sentabr 2023, 23:06

Foto: Islom Karimovning sharhsiz va izohsiz suratlari

Karimov fondi va Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi 2020-yili “Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson” nomli fotoalbom chiqargan edi. 2-sentabr — Islom Karimovni xotirlash kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” albomdan ayrim suratlarni chop etadi.

Namangan aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng uchib kelish terminali ochildi
2 sentabr 2023, 15:00

Namangan aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng uchib kelish terminali ochildi

Namangan shahrida aeroportning rekonstruksiya qilingan uchib kelish terminali ochildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maydoni 720 kv. metrdan 1756 kv. metrga yetdi. O‘tkazuvchanlik esa 3 barobar oshdi. Jo‘nab ketish terminalini rekonstruksiya qilish sentabr oyida boshlanadi. Foto.

Qizildan Mustaqillikkacha. O‘zbekistonning bosh maydoni fototarixi
2 sentabr 2023, 14:31

Qizildan Mustaqillikkacha. O‘zbekistonning bosh maydoni fototarixi

Toshkentdagi Mustaqillik maydoni 1866-yildan buyon muhim qarorlar qabul qilinadigan markaz hisoblanadi. Turli davrlarda bu yerda turar joy mavzesi, cherkov bo‘lgan, unda harbiy paradlar o‘tkazilgan. Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan “Gazeta.uz” mamlakatning bosh maydoni fototarixini tayyorladi.

Foto: Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
2 sentabr 2023, 12:37

Foto: Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Andijondagi 2 ta o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi. Foto
2 sentabr 2023, 12:15

Andijondagi 2 ta o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi. Foto

2009-yildan buyon yopiq bo‘lgan Andijon viloyatidagi “Mingtepa” va “Xonobod” o‘zbek-qirg‘iz chegara bojxona postlari ochildi. Ularning birinchisi kunduzgi vaqtlarda, ikkinchisi esa uzluksiz faoliyat olib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga chegaradan ID karta orqali o‘tishga ruxsat berilgandi.

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi
2 sentabr 2023, 11:02

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi

Urbanist Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish konseptini taklif etdi. “Avval piyodalarga, keyin velosiped va samokatlar, so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — dedi u. Hozir chorrahada mashinalar gavjum.

Zominda aeroport ochildi
2 sentabr 2023, 09:27

Zominda aeroport ochildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida aeroport ochildi. Terminal 30 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. 1-sentabr kuni u LET L-410 va Pilatus PC-24 samolyotlarini qabul qildi.

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi
2 sentabr 2023, 08:55

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi maktab direktorini kaltaklashda gumon qilingan shaxs ushlanib, qamoqqa olindi. Jabrlanuvchiga himoya orderi berildi, u tumandagi shifoxonadan viloyat kasalxonasiga o‘tkazildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting