Talabalar uchun yangi turdagi stipendiya joriy etiladi, maktab direktorlariga qator huquqlar beriladi, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi o‘tkaziladi, ichki ishlar hodimlari fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitiladi, subsidiya endi onlayn ajratiladi — 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
29-avgust kuni “Oq-qovoq GES-10” stansiyasi modernizatsiyadan so‘ng yana ishga tushirildi va uning quvvati 39,7 MVtga yetkazildi. Loyiha qiymati 18,5 mln AQSh dollarini tashkil qildi.
Jizzakh Auto tomonidan 50 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomashinasini Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari uchun yetkazib berish boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev “mamlakatdagi birinchi shunday imkoniyatga ega bo‘lgan” Milliy tibbiyot markazi, shuningdek, otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari markazidagi sharoitlar bilan tanishdi. U muassasalardagi jihoz va sharoitlarni prezidentga emas, balki xalqqa ko‘rsatish kerakligini ta’kidladi.
“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistondagi 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlar ro‘yxatini tuzdi. Bu yilgi reytingda rahbarlar ro‘yxatiga nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.
Xitoyning China Railway Beijing Group kompaniyasi O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi. Tovarlarning birinchi partiyasi mamlakat shimolidagi Chjanjiaku shahridan Toshkentga 15 kun ichida yetib kelishi kutilmoqda.
Fransiya maktablarida yangi o‘quv yilidan musulmonlar libosi — abayya kiyish taqiqlanadi. Mamlakat ta’lim vazirining fikricha, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi ularning dinini bildirib turmasligi kerak. Mamlakatda 2004-yildan beri maktablarga diniy ramzlar yoki kiyimlarda kelish mumkin emas.
Buxoroning G‘ijduvon shashligi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi (patentlandi). Tuman hokimi endi kim bu nomdagi shashlikni pishirmoqchi bo‘lsa, hokimiyatdan ruxsat olib, to‘lov qilishi kerakligini aytdi. Adliya vazirligi “Gazeta.uz”ga buning uchun hech qanday ruxsat va to‘lov shart emasligini bildirdi.
Noqonuniy migratsiya, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish AQSh, Rossiya, Meksika, Turkiya va Panama davlatlari organlari yordamida amalga oshirildi.
Tunda Rossiyaning 6 ta hududiga, jumladan, Pskovdagi xalqaro aeroportga dronlar hujumi uyushtirildi. Voqea oqibatida 4 ta Il-76 samolyoti zarar ko‘rdi va yong‘in yuzaga keldi. Boshqa hududlarda uchuvchisiz texnikalar havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.
Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.
Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan kitobxonlikning afzalliklari, zamonaviy telefonlarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashdi.
Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.
“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.
2018-yildan buyon huquqiy eksperiment doirasida poytaxt hokimiga bo‘ysungan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi yana Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada tinch aholi o‘limi soni 9,5 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi BMT.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi bilan tanishdi. Unda masofaviy elektron deklaratsiyalash, xavflarni boshqarish va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Markaz rasmiylashtiruv vaqtini 2 baravarga qisqartiradi. Tizim faoliyatiga tadbirkorlar baho berishi kerak, dedi prezident.
Besh yil ichida O‘zbekistondagi barcha maktablarda hozirda Prezident maktablarida qo‘llanayotgan o‘quv dasturlari va baholash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Joriy yilda yangi darsliklar chop etishga 920 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
4-sentabrdan maktablarda o‘quv yili boshlanadi. Shu bois ayni kunlarda bozorlar xaridorlarga to‘la, kimdir maktab formasini, yana kimdir o‘quv qurollarini sotib olyapti. “Gazeta.uz” ota-onalar maktab bozoriga qancha pul sarflayotgani va ularning narx-navo borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Video.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting