Urgut tumanida katta tezlikda harakatlangan Malibu-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va AQSh Kongressi Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi vakili Sharlott Oldhem-Mur Afg‘onistonga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatishda O‘zbekiston va AQShning harakatlarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Oliy sud 5 ta jinoyat ishi bo‘yicha 240 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ular hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida yashagan. Surgun qilinganlar ichida bir necha o‘nlab Qozog‘iston SSR fuqarolari ham bo‘lgan.
O‘zbekiston Turkmaniston bilan yiliga 2 mlrd kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Tomonlar, shuningdek, uzoq muddatli shartnomalar ustida ishlamoqda, — dedi O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning “keshbekni o‘ylab topganlar xalq va tadbirkorlarga zulm qilmoqda”, degan fikri e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Musulmonlar idorasi bu fikr orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilgani, imom oldin ham ogohlantirishlar olgani uchun uni ishdan bo‘shatdi.
Navoiy shahrida ko‘p qavatli uyni saqlash bo‘yicha majburiy badal va to‘lovlardan qarzdorlik uchun kvartiralarni elektr energiyasidan uzib qo‘yish tajribasi joriy etiladi. Sinov butun O‘zbekiston bo‘ylab olib boriladimi-yo‘qmi, bu bo‘yicha ma’lumot keltirilmagan.
Shanba kuni Rossiyadan nam va salqin havo massalari kirib kela boshlaydi. Yakshanba kuni barcha hududlarda bulutlilik kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi.
Prezident “Samarqandda ishlash qiyinligini bilgan va Toshkentga qaytmoqchi bo‘lgan” Samarqand shahri hokimi Fazlididin Umarovni ko‘pchilik maqtashini aytdi. “Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev DSQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosariga.
Prezident qaroriga ko‘ra, quruvchi tashkilotlar qurilishi tugallangan uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qilishlari shart. Busiz uy foydalanishga qabul qilinmaydi.
Poytaxt kengashi mahalliy budjetdan 360 mlrd so‘mdan ortiq pulni taqsimlash qarorini qabul qildi. Mablag‘ kam ta’minlangan oilalarga ipotekalarni moliyalashtirish, Nukusda avariyaviy uylarni ta’mirlash, idora va mansabdorlarning noqonuniy harakatlari ortidan yetgan zararni qoplash kabi maqsadlarga sarflanadi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “ukrain do‘stlar”ni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, “osmoni tinch bo‘lishi, abadiy gullab-yashnashi va farovonlikni” tiladi.
RF prezidenti Tver viloyatidagi aviahalokatda vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Yevgeniy Prigojin haqida o‘tgan zamonda gapirar ekan, uni “murakkab taqdirli odam” va “iqtidorli tadbirkor” deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ekspertiza vaqt talab etadi.
Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.
Narxi o‘zgarmagan metan “zapravka”dagi gaz narxi, guruh bosqichiga qur’a tashlangan Osiyo Chempionlar ligasi, farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari, talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston IIV YHXX, Transport vazirligi va Toshkent hokimligi chorrahalarda juda ko‘plab haydovchilar jarimaga tortilishiga sabab bo‘layotgan “tuzoqlar” bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish maqsadida Photomate va Solar Nature kompaniyalari quyosh invertorlarini yetkazish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.
Yaponiya “Fukusima-1” AESning tozalangan radioaktiv suvini okeanga to‘kishni boshladi. Jarayon 30 yildan ortiq davom etishi kutilmoqda. MAGATE rejani xavfsiz deb tan oldi. Xitoy esa okeanga tashlanishiga qarshi chiqdi va yapon dengiz mahsulotlari importini to‘xtatib qo‘ydi.
O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 750 bazis punktiga — 17,5 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Mamlakat regulyatori inflyatsiya prognozining sezilarli yaxshilanishiga erishilgunga qadar zaruratga qarab pul-kredit siyosatini qattiqlashtirishda davom etmoqchi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting