Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish maqsadida Photomate va Solar Nature kompaniyalari quyosh invertorlarini yetkazish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.
Yaponiya “Fukusima-1” AESning tozalangan radioaktiv suvini okeanga to‘kishni boshladi. Jarayon 30 yildan ortiq davom etishi kutilmoqda. MAGATE rejani xavfsiz deb tan oldi. Xitoy esa okeanga tashlanishiga qarshi chiqdi va yapon dengiz mahsulotlari importini to‘xtatib qo‘ydi.
O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 750 bazis punktiga — 17,5 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Mamlakat regulyatori inflyatsiya prognozining sezilarli yaxshilanishiga erishilgunga qadar zaruratga qarab pul-kredit siyosatini qattiqlashtirishda davom etmoqchi.
EastFruit portaliga ko‘ra, 2023-yil aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga 37,9 ming tonna banan import qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga, 2021-yilning shu davriga nisbatan esa 2,8 barobarga ko‘proq. May oyidan boshlab banan narxi oldingi yillarga nisbatan eng past darajaga tushgan.
Tarmoqlarda metan “zapravka”larning yopiqligi, ochiqlarida uzun navbatlar yuzaga kelayotgani va gaz narxi ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi respublika bo‘yicha “zapravka”larga tabiiy gaz talabga asosan yetkazib berilayotgani va uning narxi oshmaganini ma’lum qildi.
Senatorlar summa bir savdo shartnomasi bo‘yicha yetkazib beriladigan mahsulot qiymatining 5% idan oshmasa, eksportyorlarga aktivlar repatriatsiyasi ta’minlanmagani uchun jarima solinmasligi bo‘yicha o‘zgarishlarni ma’qulladi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari limit tanlovi va nega uni oshirib bo‘lmasligini tushuntirdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtomobil ijarasi yoki lizing bo‘yicha firibgarlik holatlari ko‘paydi. Senatorlar ijaraga olingan obyektni mulk qilib oladigan ijarachilar huquqini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Lizingga oluvchining roziligisiz obyektni tasarruf etish ham taqiqlanmoqda.
4-sentabrdan metrodagi poyezdlar harakati oraliq vaqti 1,5−5 daqiqagacha qisqarishi va’da qilinmoqda. “Toshshahartransxizmat” esa avtobuslar sonini 86 tagacha ko‘paytirib, qo‘shimcha yana 9 ta yangi yo‘nalish tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OCHLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Janubiy Afrika Respublikasidagi sammitdan so‘ng BRIKSga 6 ta davlat — Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi. JAR prezidenti Siril Ramafosa bu mamlakatlar ittifoqqa qo‘shilish uchun taklif etilganini tasdiqladi.
O‘zbekistonga 26−28-avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi, 27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi harorat +23 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonda vatan himoyasi va tinchligi yo‘lida yaralangan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod qilinadi. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ham shunday imtiyozga ega bo‘ladi.
Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.
Qirg‘izistonda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza — jami 18 ta medalga ega chiqdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yangi loyiha va inshootlar bilan tanishadi, hududni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.
“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov so‘nggi haftalarda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar aniqlagan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi qaydnomalarni tekshirishga chaqirdi. Asossiz chiqarilgan barcha jarimalar bekor qilinishi kerak, deydi u.
Tver yaqinida, Rossiya Telegram-kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli shaxsiy samolyot quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan. Rosaviatsiya yo‘lovchilar ro‘yxatida Yevgeniy Prigojinning ism-familiyasi ham borligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting