Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqoti ko‘pchilik ish o‘rinlari faqatgina qisman avtomatlashtirilishi hamda ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamasligi, balki ularni to‘ldirishini ko‘rsatdi. Kanselyariya ishlari ko‘proq xavf ostida.
Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “Aq-Tilek” NO‘Pda yuzlab yuk mashinalari to‘plandi. Qirg‘iziston matbuotida bunga qo‘shnilarga suv yetkazish to‘xtatilgani sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston chegarachilari cheklovlar qo‘yilmagani va o‘tkazish ko‘rsatkichlari yozgi mavsumga xosligini aytishdi.
E’lon qilingan mandat, apellyatsiya arizalariga qabul, “Andijon” futbolchilariga mashina va iPhone14 va’da qilgan Shuhrat Abdurahmonov, Samarqandda fast fuddan zaharlangan 49 kishi, O‘zbekistondan Qatarga aviareys, bir ayolni zo‘rlagan 4 erkakka o‘qilgan sud hukmi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Dastlabki yetti oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 35 mlrd dollarga (+23,3 foiz) yetdi. 5,6 mlrd dollarga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘proq oltin sotildi. Oziq-ovqat, neft mahsulotlari, ko‘mir, avtomobillar importi o‘sdi.
2024-yildan O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uchun AQSh Davlat departamentining Antiterrorism Assistance dasturi doirasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv kurslari o‘tkaziladi.
20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, 100 mln dollarlik qo‘shma jamg‘arma tashkil etishga kelishib olindi. Vengriya farmatsevtika kompaniyalari O‘zbekistonda dori zavodlari qurishni rejalashtirmoqda. Vengriyalik investorlar uchun sanoat zonasi ishga tushiriladi.
O‘zbekistonda AES qurilishi masalasida siljish kuzatilsa, stansiya uchun Vengriyaning quruq sovitish texnologiyasidan foydalaniladi. Bu bo‘yicha mamlakatlar o‘zaro kelishib oldi, dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto. Uning aytishicha, loyiha yuzlab mln yevrolik hamkorlikni nazarda tutadi.
“Gazeta.uz” Mifonomika loyihasi doirasida Behzod Hoshimov bilan kambag‘allik mavzusida suhbatlashdi. Iqtisodchi buning sabablarini tahlil qilarkan, ba’zi mamlakatlarda odamlarda imkoniyat ko‘proq ekani va shuning uchun u yerlarda kambag‘allik ham kamroqligini ta’kidladi.
Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” bojxona postida 55 kg ga yaqin giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. U moddalarni gaz balloni va benzin bakiga yashirgan.
Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.
O‘zbekiston hukumati va Vetnamning Petrovietnam Exploration & Production kompaniyasi o‘rtasida Kossor, Sho‘rchashma va Chuqurko‘l uchastkalaridagi neft va gaz obyektlarida geologik qidiruv ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida suzishga borgani aytilayotgan 20 kishining 11 nafari Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari bolalar. Hudud cho‘milish uchun mo‘ljallanmagani ta’kidlandi.
Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.
21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.
2024−2025 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari o‘qitiladi. Ular muassasaga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Kvotalarni prezident belgilaydi.
Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting