Arxiv

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi
22 avgust 2023, 14:58

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.

Shaharlararo avtobuslarning tunda hamrohsiz harakatlanishiga ruxsat beriladi
22 avgust 2023, 14:36

Shaharlararo avtobuslarning tunda hamrohsiz harakatlanishiga ruxsat beriladi

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.

Petrovietnam yana O‘zbekistonda uglevodorodlarni qidiradi
22 avgust 2023, 13:56

Petrovietnam yana O‘zbekistonda uglevodorodlarni qidiradi

O‘zbekiston hukumati va Vetnamning Petrovietnam Exploration & Production kompaniyasi o‘rtasida Kossor, Sho‘rchashma va Chuqurko‘l uchastkalaridagi neft va gaz obyektlarida geologik qidiruv ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

Qozog‘istonda 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi
22 avgust 2023, 12:32

Qozog‘istonda 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida suzishga borgani aytilayotgan 20 kishining 11 nafari Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari bolalar. Hudud cho‘milish uchun mo‘ljallanmagani ta’kidlandi.

Samarqand shahrida 49 kishi fast fuddan zaharlandi
22 avgust 2023, 11:44

Samarqand shahrida 49 kishi fast fuddan zaharlandi

Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.

O‘zbekistondan Qatarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
22 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistondan Qatarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi

21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.

IIV Akademiyasiga xorijiy kadrlar kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi
22 avgust 2023, 11:11 3

IIV Akademiyasiga xorijiy kadrlar kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi

2024−2025 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari o‘qitiladi. Ular muassasaga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Kvotalarni prezident belgilaydi.

Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi
22 avgust 2023, 10:41

Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi

Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
22 avgust 2023, 09:29 1

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.

OTMga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilindi
22 avgust 2023, 00:30

OTMga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilindi

22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.

O‘zbekistonda karta to‘lovlarini bekor qilish bilan bog‘liq firibgarlik keng tarqalmoqda
21 avgust 2023, 23:45

O‘zbekistonda karta to‘lovlarini bekor qilish bilan bog‘liq firibgarlik keng tarqalmoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi charjbek — karta egalarining amalga oshirilgan to‘lovlarni qaytarib olishi bilan bog‘liq firibgarlikning yangi ko‘rinishi haqida ma’lumot berdi. Tadbirkorlar orasida xaridorlar sotib olingan tovar yoki xizmatlar uchun pul mablag‘larini qaytarib olishidan zarar ko‘rganlar bor.

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
21 avgust 2023, 22:55

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

21-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
21 avgust 2023, 22:00

21-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mustaqillik bayramiga ketma-ket 3 kun dam, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan O‘zbekiston, o‘zini osib o‘ldirgan 20 yoshli kelin, narkotiklar ro‘yxatiga kirgan “Tapentadol”, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi
21 avgust 2023, 20:59

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi
21 avgust 2023, 20:43

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

O‘zbekiston iyul oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat bo‘yicha yetkazib berish hajmi 91,4 mln dollarga o‘sdi, bu iyun oyiga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.

31 ta yirik davlat korxonasi aksiyalari yana Iqtisodiyot va moliya vazirligi balansiga qaytarildi
21 avgust 2023, 19:43

31 ta yirik davlat korxonasi aksiyalari yana Iqtisodiyot va moliya vazirligi balansiga qaytarildi

Mart oyida Strategik islohotlar agentligi 2023−2025-yillarda isloh qilish va ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona aksiyalarini o‘z balansiga olgan edi. Ushbu kompaniyalar va yana 9 ta bankdagi ulushlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi boshqaruviga qaytarildi.

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazadi
21 avgust 2023, 19:11

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazadi

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz mahalliy domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Avgust oyi boshida mamlakat hukumati domen mamlakat tashqarisida joylashtirilgani uchun platformaga kirishni vaqtincha yopib qo‘ygan edi.

Yil boshidan beri xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi
21 avgust 2023, 17:36

Yil boshidan beri xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi

2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Roodell kompaniyasi Chery brendi bilan birga tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda
21 avgust 2023, 17:00

Roodell kompaniyasi Chery brendi bilan birga tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda

Sergeli tumanida yangi Chery Sergeli dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida brendning 10 nafar mijoziga avtomobil kalitlari hamda kompaniyadan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi
21 avgust 2023, 16:10

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting