Arxiv

Reuters: Rossiya kompaniyalari Qozog‘istonni sanksiyalarni chetlab o‘tish so‘rovlariga ko‘mib tashladi
19 mart 2023, 22:29

Reuters: Rossiya kompaniyalari Qozog‘istonni sanksiyalarni chetlab o‘tish so‘rovlariga ko‘mib tashladi

Rossiya kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qozog‘istondagi hamkorlarini zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘rovlari bilan ko‘mib tashlamoqda, deb yozmoqda Reuters. Gap turli mahsulotlar — telefonlar, elektronika, nodir metallar, bank kartalari uchun materiallarni yetkazib berish haqida bormoqda.

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi
19 mart 2023, 15:37

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.

Xokkey: O‘zbekiston U-18 jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
19 mart 2023, 15:09

Xokkey: O‘zbekiston U-18 jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi

Xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi.

U-20: O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘ldi
18 mart 2023, 20:53

U-20: O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘ldi

U-20 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston — Iroq o‘yinini tomosha qilmoqda (+ video)
18 mart 2023, 20:33

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston — Iroq o‘yinini tomosha qilmoqda (+ video)

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan Toshkentdagi «Milliy» stadioniga keldi.

O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi
18 mart 2023, 18:16

O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

O‘zbekistonda narxlar barqarorlashgani sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 15 martdan bekor qilindi. Avvalroq ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish maqsadida mahsulotni chetga sotish 1 yanvardan boshlab 4 oyga to‘xtatilgan edi.

Navoiydagi Sentob qishlog‘iga rasman turizm qishlog‘i maqomi berildi
18 mart 2023, 17:39

Navoiydagi Sentob qishlog‘iga rasman turizm qishlog‘i maqomi berildi

Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘i rasman turizm qishlog‘i maqomini oldi. Hududda 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan. 200 ga yaqin ishsiz aholi doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Toshkentdagi stadion yaqinida IIO xodimlari va Renessans TV jurnalisti o‘rtasida mojaro yuz berdi
18 mart 2023, 17:18

Toshkentdagi stadion yaqinida IIO xodimlari va Renessans TV jurnalisti o‘rtasida mojaro yuz berdi

Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichi boshlandi
18 mart 2023, 13:46

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet"ning ovoz berish bosqichi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi
18 mart 2023, 12:21

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi

Samarqandda 43 yoshli fuqaro boshqa bir shaxsni 30 ming dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi. Shunday holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi.

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
18 mart 2023, 11:39

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida 20 ming gektar maydonni egalaydigan Yangi Toshkent quriladi. Poytaxtdagi davlat idoralari ham u yerga ko‘chib boradi. Hozirgi binolar o‘rnida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkentni turizm va biznes markaziga aylantirish reja qilinmoqda.

YTTB tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturining ikkinchi fazasiga qabul boshlanganini e’lon qildi
18 mart 2023, 11:00

YTTB tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturining ikkinchi fazasiga qabul boshlanganini e’lon qildi

31 martgacha O‘zbekiston tadbirkor ayollari — biznes rivojlanishiga qaratilgan mentorlik dasturida ishtirok etish uchun onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Nima tayyorlaymiz: Navro‘z dasturxoni uchun pishiriqlar
18 mart 2023, 10:43

Nima tayyorlaymiz: Navro‘z dasturxoni uchun pishiriqlar

Turkcha oshirma xamirli plyushkalar, paxlava, chak-chak, turshak va olxo‘rili rogaliklar, xolvaytar va boshqalar — Zira.uz bahoriy bayram bo‘lgan Navro‘z dasturxoni uchun mazali pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
18 mart 2023, 09:19

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari YTH oqibatida vafot etdi
18 mart 2023, 08:52

Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari YTH oqibatida vafot etdi

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 33 yoshli o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev YTHga uchrashi oqibatida vafot etdi.

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi
17 mart 2023, 22:54

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 mart 2023, 22:00

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Navro‘z bayramida kunlar +25 darajaga isishi, Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga o‘qilgan sud hukmi, Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamalgani, nazoratga olingan Shaffof «zapravka»lari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Gaaga sudi Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi
17 mart 2023, 21:50

Gaaga sudi Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Ular ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish tarzidagi harbiy jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Samarqand aeroportida ilk rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)
17 mart 2023, 20:06

Samarqand aeroportida ilk rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)

Samarqand aeroportida 30 dan ortiq aviatsiya ixlosmandlari ishtirokida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Aviaspotterlarga samolyotlarni tunda «tutib olish» va tongni perronda kutib olish taklif qilindi.

Samarqanddagi kafelardan birida tiktoker keksa odamni masxara qildi
17 mart 2023, 19:16

Samarqanddagi kafelardan birida tiktoker keksa odamni masxara qildi

Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting