Arxiv

“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
25 may 2024, 12:13

“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Yengil mashinaning 21 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Jizzax viloyati IIB fuqarolar tarmoqlarda aytilgani kabi maktab bitiruvchilari emasligi, ular to‘yga ketayotgan bo‘lganini bildirdi.

Pure Milky Makon Marketing Forum`da “Yilning eng yaxshi brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi
25 may 2024, 11:00

Pure Milky Makon Marketing Forum`da “Yilning eng yaxshi brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi

18−19-may kunlari Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing forumida Pure Milky fermentlangan sut mahsulotlari kompaniyasi nufuzli “2023-yil brendi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

OTMlar qabulidagi “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili qanday ishlaydi?
25 may 2024, 10:44

OTMlar qabulidagi “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili qanday ishlaydi?

2024−2025 o‘quv yilidan davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili kuchga kiradi. Abituriyentlar to‘plagan balidan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra ta’lim muassasasini tanlaydi. Bakalavriatga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Batafsil.

Endi davlat buyurtmasi parametrlari OTMlar kesimida taqsimlanmaydi
25 may 2024, 10:27

Endi davlat buyurtmasi parametrlari OTMlar kesimida taqsimlanmaydi

2024−2025 o‘quv yilidan davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi. Parametrlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlanadi.

Navoiy viloyatida 6-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketib vafot etdi
25 may 2024, 10:02

Navoiy viloyatida 6-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketib vafot etdi

Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketib vafot etdi. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda tuproq bosib qolgan ishchi qutqarib qolindi
25 may 2024, 09:48

Toshkentda tuproq bosib qolgan ishchi qutqarib qolindi

Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan turar joy chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan ishchini tuproq bosib qoldi. FVV qutqaruvchilari uning hayotini saqlab qoldi.

24-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 may 2024, 22:08

24-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari, valyuta kursi o‘zgaruvchanligini asosiy xavf sifatida ko‘rayotgan bankirlar, yomg‘ir sabab suv bosgan Toshkent ko‘chalari, bitiruvchilarga tabrik yo‘llagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

BMT Xalqaro sudi Isroilga Rafahdagi operatsiyani to‘xtatishni buyurdi
24 may 2024, 21:58

BMT Xalqaro sudi Isroilga Rafahdagi operatsiyani to‘xtatishni buyurdi

BMT Xalqaro sudi Isroilga Rafahdagi harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi. Sud, shuningdek, Isroildan gumanitar yordam uchun chegara punktini ochish va tergovchilarga G‘azoga kirishga ruxsat berishni talab qildi.

Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab tugatishga tayyor, lekin u jang qilishga ham qarshi emas — Reuters
24 may 2024, 21:13

Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab tugatishga tayyor, lekin u jang qilishga ham qarshi emas — Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgi front chizig‘ini saqlab qoluvchi sulh tuzish orqali Ukrainadagi urushni to‘xtatishga tayyor, deb yozdi Reuters. Agar Ukraina va G‘arb bunga rozi bo‘lmasa, Putin urushni davom ettirishga ham tayyor.

Futzal bo‘yicha JCH qur’asi o‘tkazilishi sabab Samarqanddagi Registon maydoni vaqtincha yopiladi
24 may 2024, 21:07

Futzal bo‘yicha JCH qur’asi o‘tkazilishi sabab Samarqanddagi Registon maydoni vaqtincha yopiladi

Samarqand shahrida futzal bo‘yicha Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi munosabati bilan Registon ansambliga kirish 24−25-may kunlari cheklanadi, 26-may kuni esa maydon yopiladi.

Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”
24 may 2024, 20:00

Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”

Prezident maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri o‘ziga xos ekanini ta’kidlab, orzu qilishdan to‘xtamaslikka, xatolardan saboq olishga chaqirdi. U yangi g‘oyalar va ishtiyoq nafaqat ularning, balki butun O‘zbekistonning hayotini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda
24 may 2024, 19:33

O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda

Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan.

Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit boshqa bir yigitga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi
24 may 2024, 18:16

Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit boshqa bir yigitga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi

Marg‘ilon shahrida 2006-yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 6 yosh katta fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. Jarohatlangan yigitning hayoti saqlab qolindi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)
24 may 2024, 17:47

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)

4 ta kinopremyera, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bepul konsertlar, Jaloliddin Ahmadaliyev konserti, yarmarkalar, spektakllar, chegirmalar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi o‘sishi tezlashdi, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmi pasayishda davom etmoqda
24 may 2024, 17:36

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi o‘sishi tezlashdi, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmi pasayishda davom etmoqda

Yanvar-aprel oralig‘ida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi hajmi 29,3 foizga oshdi, buning natijasida Rossiya mamlakatning yana asosiy savdo hamkoriga aylanishi mumkin. Qo‘shni davlatlar, shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan tovar aylanmasi kamaymoqda. Fransiyaga eksport 2,2 barobar oshdi.

Samarqanddan Toshkentga 27 va 28-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yildi
24 may 2024, 17:33

Samarqanddan Toshkentga 27 va 28-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yildi

27 va 28-may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

MCA Group Makon Marketing forumida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi
24 may 2024, 17:00

MCA Group Makon Marketing forumida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi

18−19-may kunlari Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing biznes forumida Marketing Communication Agencies Group “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

AQSh Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazuvchilar”ga nisbatan viza cheklovlarini kiritmoqda
24 may 2024, 16:57

AQSh Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazuvchilar”ga nisbatan viza cheklovlarini kiritmoqda

AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish”da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi
24 may 2024, 16:43

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi

O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi
24 may 2024, 16:20

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi

Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting