Tijorat banklari 14-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 980−12 020 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 050−12 120 so‘m.
Qibray tumanida daraxtga urilgan 18 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotkizildi. Voqeaga yo‘lning xavfli burilish qismida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
Nemolchi.uz loyihasi 3−5-sinf o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan va 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan maktab psixologi Azad Gasanov muddatidan oldin ozod etilgani haqida xabar berdi. Toshkent shahri ta’lim boshqarmasi esa u hozirda hech qaysi maktabda ishlamayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBBda tergov vaqtida fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar xodimlari mansab vakolatidan chetga chiqish va qiynoqqa solishda gumonlanmoqda.
Dushanba, seshanba kunlari harorat kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2−4 darajaga past. Hafta o‘rtasidan salqin havo asta-sekin chekinib, harorat ko‘tariladi va kunduzi +37 daraja atrofida bo‘ladi.
14-avgust kuni soat 20:00 gacha Toshkentning Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida esa issiq suv o‘chiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar bo‘limida qo‘lga olingan shaxs vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilingan erkak bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida hushini yo‘qotgan va vafot etgan.
12−13-avgust kunlari Toshkent shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga 100, 60 va 40 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Prezident Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘nlab rahbarlar ishdan olinganidan har bir hokim xulosa qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash xalq ovoziga aylanib, joylarda kim ishdan ketishi borasida taklif berishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta 42 metrli to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ular yuk mashinasi ustiga tushganini ko‘rish mumkin.
Dang‘ara tumanida ohak sexi 1 mlrd 54 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Fuqaro 18 ta nostandart gaz yondirgichlarini yer osti gaz quvuriga ulab olgan.
Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryodan 11 yoshli o‘g‘il bola jasadi topildi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi boshqarma xabarida.
Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikki YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. YTHlarning har ikkisi ham Damas ishtirokida sodir bo‘lgan.
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.
Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
Xorazm viloyatiga 2023-yil yakuniga qadar Xitoyning Zhongtong kompaniyasidan 100 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelinadi.
DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Aqtauda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Dronlardan foydalanildi, yaqin masofada jang qilindi, dengiz, tog‘, cho‘l va shahar sharoitlarida operatsiyalar o‘tkazildi.
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting