Arxiv

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy
18 dekabr 2024, 13:50

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kuchi Qrim va Donbassni qaytarib olishga yetmasligi, Putinga bosim o‘tkazish va bu urushni to‘xtatish uchun kuchli Amerika va Yevropa kerakligini aytdi. “Menda shunday taassurot borki, hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadi, u jazosiz qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.

UzAuto Motors 19-dekabr kuni Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi
18 dekabr 2024, 12:48 1

UzAuto Motors 19-dekabr kuni Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors 19-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.

Rossiyada general teraktda halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik erkak bu ishda gumonlanmoqda
18 dekabr 2024, 12:48

Rossiyada general teraktda halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik erkak bu ishda gumonlanmoqda

Rossiya Qurolli kuchlari generali Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Moskvada ushlandi. Tergov qo‘mitasi uni Ukraina 100 ming dollar evaziga yollaganini bildirdi. Ilgari Kirillov Ukraina harbiylariga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol ishlatishga buyruq bergani aytiladi.

Farzand tug‘ilganda otalarga 5 kunlik ta’til berish taklif etilmoqda
18 dekabr 2024, 11:43

Farzand tug‘ilganda otalarga 5 kunlik ta’til berish taklif etilmoqda

Qonunchilikka erkaklar farzandli bo‘lganda, turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yor kiritish taklif etilmoqda.

Farg‘onadagi portlash: yana 3 kishining o‘lgani tasdiqlandi, 5 kishi qamoqqa olindi
18 dekabr 2024, 10:52

Farg‘onadagi portlash: yana 3 kishining o‘lgani tasdiqlandi, 5 kishi qamoqqa olindi

Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

17-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 dekabr 2024, 23:39

17-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Uzbekistan Airways va Silk Avi’ning bozordagi ustun mavqei, Farg‘onadagi zapravkada katta portlash, ilk bor bir kunda bir million yo‘lovchi tashigan Toshkent metrosi, Nukus shahrining tasdiqlangan bosh rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatidagi sex 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 dekabr 2024, 23:33

Toshkent viloyatidagi sex 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan mineral o‘g‘it sexi noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanib, 8,7 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Parkentda sherlar hujumi oqibatida qorovul halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 dekabr 2024, 23:26

Parkentda sherlar hujumi oqibatida qorovul halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketib, qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida royal paydo bo‘ldi
17 dekabr 2024, 22:19

Toshkent aeroportida royal paydo bo‘ldi

Endi dunyoning ko‘plab aeroportlarida bo‘lgani kabi Toshkent xalqaro aeroportining uchish zalida ham royal mavjud. Jonli musiqa tinglovchilar uchun ham, ijrochilar uchun ham parvoz oldidan o‘yin-kulgi va stressdan xalos bo‘lish usuli bo‘ladi, deb hisoblaydi Uzbekistan Airports.

Qurilish vaziri — uy-joy qurilishida eskrou hisobi qanday ishlashi haqida
17 dekabr 2024, 22:05

Qurilish vaziri — uy-joy qurilishida eskrou hisobi qanday ishlashi haqida

O‘zbekiston uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimini joriy etishda Rossiya tajribasini o‘rgandi, dedi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov. “Odamlar pulni o‘zlari bilmaydigan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi”, — deb tushuntirdi u.

AQSh chegarada qo‘shinlar to‘planishi tufayli Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda — WSJ
17 dekabr 2024, 19:15

AQSh chegarada qo‘shinlar to‘planishi tufayli Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda — WSJ

AQSh Turkiya kuchlarining Suriya chegarasida to‘planayotgani va Anqaraning Suriya kurdlari yerlariga bostirib kirishi ehtimolidan xavotirda, deb yozdi WSJ. Harbiylar va artilleriyani ko‘paytirish Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin boshlandi.

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
17 dekabr 2024, 19:09

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

SSV O‘zbekistonda havo harorati pasaygani uchun bunday sharoitda qanday taomlanish kerakligini eslatib o‘tdi. Jumladan, grechka, jo‘xori yormalari, qalampir, mayiz, baliq, go‘sht, sut mahsulotlari, zanjabil choyi, qahva kabi mahsulotlar tanaga issiqlik baxsh etadi. Xamirli ovqatlar ham tanani isitadi.

Hindistonda havo ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlar kuchaytirildi
17 dekabr 2024, 18:43

Hindistonda havo ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlar kuchaytirildi

Hindistonda havo sifati yanada yomonlashganidan so‘ng Nyu Dehli va unga yaqin hududlarda cheklovlar kuchaytirildi. Gibrid darslar 10−12-sinflardan tashqari barcha sinflarga tatbiq etildi. Xodimlarning 50 foiziga uydan ishlashga ruxsat berildi. Ko‘plab qurilish ishlari taqiqlanmoqda.

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi
17 dekabr 2024, 16:59

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi

Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Parkentdagi hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi
17 dekabr 2024, 16:27

Parkentdagi hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketdi. Sherlar qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Hayvonlarning ikkitasi qafasga qaytarildi, biri otib o‘ldirildi.

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)
17 dekabr 2024, 15:50

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)

Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi.

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
17 dekabr 2024, 15:40

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatda shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham belgilangan.

Germaniya parlamenti Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi
17 dekabr 2024, 15:31

Germaniya parlamenti Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi

Germaniya parlamenti kansler Olaf Sholsning so‘rovini qo‘llab-quvvatladi va uning hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumi uchun ovoz berdi. Bu hukmron koalitsiya parchalanganidan keyin zarurat tug‘ilgan muddatidan ilgari saylovlarga yo‘l ochadi.

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi
17 dekabr 2024, 13:58

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan chiqarishni muhokama qilmoqchi, deb xabar berdi ittifoq oliy vakili Kaya Kallas. Ittifoqning ko‘pgina rasmiylari Suriyada Rossiya harbiylari bo‘lmasligi tarafdori. Bu masala “Suriya rasmiylari bilan uchrashuvlarda ko‘tariladi”.

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
17 dekabr 2024, 13:57

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinada bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Hozirda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting