Endi “Trastbank” korporativ mijozlari uchtadan ortiq ish o‘rni yaratganda debet aylanmasidan bepul foydalanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirishdagi “Oq-qiya” bojxona punkti 24 soat ish rejimiga o‘tkazildi.
Urganch tumanida 2 mlrd 203 mln so‘mlik 2 mln 446 ming kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Parij Olimpiadasining 4-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta sport turida ishtirok etadi. Sharofiddin Boltaboyev dzyudo, Anna Prakaten esa akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarga kirishadi. Shuningdek, 4 nafar bokschi o‘z yurishini boshlaydi. Futbolchilar esa Dominikanga qarshi o‘ynaydi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida 21 yoshli haydovchi Cobalt boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga borib urildi. YTH oqibatida Damas mashinasi haydovchisi va ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Shuningdek, yana uch kishi jarohat oldi.
OTMlarda yangi o‘quv yili uchun yangi to‘lov-kontrakt miqdorlari, O‘zbekiston havosi ifloslanishining asl sabablari, “Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnoviga o‘zgartirish kiritish taklifi, prezidentning Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrigi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Olimpiya o‘yinlarining 3-kunida Bahodir Jalolov va Ruslan Abdullayev chorak finalga chiqdi. Qilichboz Zaynab Dayibekova ilk bahsida yengildi. Dzyudochi Shukurjon Aminova va Murodjon Yo‘ldoshev esa 2-davrasida musobaqani tark etdi. Suzish va eshkak eshish bahslarida ham o‘zbekistonliklar keyingi bosqichga o‘ta olmadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning sobiq rahbarlarini jinoiy javobgarlikka immunitetini va Oliy sud sudyalarining vakolat muddatini cheklaydigan islohotlarni taklif qildi. “Hech kim qonundan ustun emas. AQSh prezidenti ham. AQSh Oliy sudi sudyasi ham. Hech kim”, — dedi Bayden.
Venesuela saylov kengashi mamlakatni 2013-yildan beri boshqarib kelayotgan Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Muxolifat hukumatni soxtakorlikda aybladi. Bir qator Lotin Amerikasi davlatlari ham natijalarni tan olishdan bosh tortdi.
Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan raqibi Uta Abe haqida haqoratomuz fikrlar yozishni to‘xtatish va barchaga hurmat ko‘rsatishni so‘radi. Avvalroq 5 yil mag‘lubiyatga uchramagan yaponiyalik sportchi Keldiyorovaga yutqazganida, nega yig‘lab yuborganini tushuntirgandi.
Iqlim o‘zgarishi milliy markazi shaharlarning ekologik barqarorligini yaxshilash bo‘yicha hokimliklar uchun qo‘llanma ishlab chiqdi. Sinov versiyalari Samarqand va Buxoro shaharlari uchun tayyorlangan. Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar prezidentga ham taqdim etilgan.
O‘zbekistonda havo ifloslanishi haqida gap ketsa, ko‘pincha “chang” eslanadi. U haqiqiy muammoni xaspo‘shlashning qulay vositasiga aylangan. Havo ifloslanishida changning roli qanday, 2021-yil noyabrida Toshkent nima uchun changga ko‘mildi va muammoni qanday hal qilish mumkin? “Gazeta.uz” javob izlaydi.
Prezident O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi. U jahonda ishonch inqirozi hukm surayotganini, mamlakatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni “buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar"dan asrash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganini alohida ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent issiqlik markazi” 2023-yilda me’yordan 4,7 mln metr kub ortiqcha suv sarflab, bu orqali 2,5 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olganini aniqladi. TIMga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va ushbu mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qolaversa, 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar undirishi belgilandi.
Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Chorvoq suv ombori sohilidagi Shayx Umar Valiy maqbarasi ziyoratgohi joylashgan go‘zal Bog‘iston qishlog‘i chiqindixonaga aylanmoqda. Yevgeniya Mo‘minova achinarli vaziyat haqida gapirib, bu joy sayyohlar va tabiiy go‘zallikni yo‘qotmasdan oldin muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qildi.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonda havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasidan esa harorat 2−3 darajaga ko‘tariladi.
Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi. Qiymat o‘tgan o‘quv yiliga qaraganda 15 foizga oshirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting