Farg‘ona viloyatida mushukni yoqib yuborgan uch erkakning har biri BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Holatda jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun asos bo‘lsada, unday bo‘lmadi. Hayvonlarni himoya qilish harakati prokuraturadan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanib 5-iyulda yakunlanadi. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.
20-iyundan abituriyentlarni bakalavriat bosqichiga my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Jarayon 20-iyulga qadar davom etadi.
O‘zbekistondagi maktablarda depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat grant asosida amalga oshiriladi.
20-iyun kuni maktablarda bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayoni boshlandi. Yangi o‘quv yilida 730 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari maktabga boradi.
Tijorat banklari 20-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 475 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 500−11 535 so‘m.
2019-yilda tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi. Shuningdek, poliklinikalarda tibbiy psixolog, suitsidolog kabi shtatlar joriy etiladi.
Bekobod shahri ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘zaro kelishmovchilik ortidan pichoqlandi. Inspektor jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yig‘ilishida innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchilik qildi.
28-iyun — Qurbon hayiti, bayram sabab 5 kun dam, seshanbadan jaziramaning pasayishi, viloyatlarda boshlangan kuchli shamol, norozilikka qaramay, munosabatlarni rivojlantiradigan O‘zbekiston va Eron, Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Bishkekda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 17 gacha va 23 gacha yosh toifalarida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.
2035-yilga kelib butun dunyoda shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi kamayadi va odamlar “samaraliroq, yashilroq va qulayroq” transportni tanlashadi, deya bashorat qilmoqda McKinsey konsalting kompaniyasi.
19-iyun kuni kuchli shamol tufayli Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi.
Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Roodell yangi Chery Arrizo 6 Pro modelini taqdim etdi va narxlarini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Moviy gumbazlar” xiyobonida yashil maydon bo‘ylab o‘tuvchi yo‘lakka attraksion o‘rnatilishiga qarshi chiqqan aholining videosi tarqaldi. Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov aholi bilan uchrashib, attraksionlar demontaj qilinishini ma’lum qildi.
Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.
O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar davom ettirilishi, sud mustaqilligini oshirish va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosat olib borish qayd etilgan.
O‘zbekiston prezidenti va Eron oliy diniy rahbari uchrashuvda uzoq pauzadan so‘ng munosabatlarning jonlanishini olqishladi. Oyatulloh Xomanaiy “ba’zi raqiblar” bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar munosabatni rivojlantirishi kerakligini aytdi. Mirziyoyev Eronning qiyinchiliklarga qarshi chidamliligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting