Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichidagi hududlarda transportlarning harakat tezligini 70 kmdan 60 kmgacha pasaytirishga oid qarorni qabul qildi.
«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatini yo‘qotish qanday namoyon bo‘lishini va eshitish vositalari muhimligi haqida so‘zlab berdi hamda maxsus taklifni e’lon qildi.
Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar va «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Qozog‘istonga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi.
O‘zbekistonda kovid statistikasi e’lon qilinmayotganiga bir oydan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari keskin kamaygani uchun axborot berish to‘xtatilganini bildirdi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallanish holati qayd etilmoqda.
Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.
Anomal sovuq kunlarda O‘zbekistondagi suv havzalari, ko‘l va sharsharalar muzlab qoldi. Ularning nafaqat doimiy ko‘rinishi, balki muzlagan holati ham alohida jozibador. «Gazeta.uz» ana shunday tasvirlarni jamladi.
Tomdi tumanida qurilayotgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoyning Lanjou shahridan maxsus transport vositalari orqali turbina va generatorlar olib kelinmoqda. Loyiha yil yakunida ishga tushirilishi va Markaziy Osiyodagi eng yirik SHES bo‘lishi kutilmoqda.
Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkek-Istanbul yo‘nalishidagi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Hozirda uning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Tijorat banklari 19 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 265 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 345 so‘m.
O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qatnovlar 13 yanvardan to‘xtatilgan edi.
27 yoshida senatorga aylangan afg‘onistonlik Fotima Paymon siyosat maydoniga shunchaki omadi yurishganidan kirib kelmagan. Tarixi qiziq va og‘riqli. To‘rt yoshida “Tolibon” zulmidan oilaviy qochib, Pokiston, so‘ng Avstraliyadan boshpana topgan qiz bugun qit’adagi eng yosh va hijobli yagona siyosatchidir.
O‘zbekistonda yana bir xususiy aviakompaniya — Centrum Air loukasterining ilk ikki samolyoti — Airbus A320−232 Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.
Vetnam prezidentining iste’fosi, Finlyandiyaning YeIda birinchi bo‘lib uran qazib olishni boshlashi, Microsoft 10 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatmoqchiligi, dunyodagi eng keksa ayolning vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Dok-1 Maks» siropidan vafot etgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya to‘lab beriladimi? «Gazeta.uz» muxbirining ushbu savoliga javob berar ekan, SSV rahbari o‘rinbosari Elmira Basitxanova «hujjat bilan tasdiqlansagina, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin», deya javob berdi.
O‘zbekistondagi g‘ordan topilgan neandertal bolaning 3D tiklangan ko‘rinishi, sud tizimini yaxshilash strategiyasi, poytaxtda yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqarishi, 50% chegirma muddatini cho‘zgan Uzbekistan Airways, Singapur bilan 5 mlrd dollarlik kelishuv va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
2022 yilda dunyoda 86 nafar jurnalist o‘z kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk so‘nggi 10 yil ichida 1300 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. U reysdan chiqarib tashlandi.
Sud «Hududgaz Toshkent» korxonasining sobiq direktori Muzaffar Aliyevni garov evaziga ozod qildi. U dekabr oyida O‘zbekistondagi energetika inqirozi vaqtida hibsga olingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting