25 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari bu 16 yoshni tashkil etgan. Bu bo‘yicha prezident farmoni bir yil avval qabul qilingan bo‘lsa-da, bu haqda jamoatchilikka keng ma’lumot berilmagan.
G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchilaridan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etdi.
Xirosimada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” (G7) sammitida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Xitoy bilan munosabatlari, sun’iy intellekt va boshqalar muhokama qilindi. Sammit yakunlari haqida qisqacha — “Gazeta.uz” sharhida.
Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari, AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladigan organ rahbarlari, narxi oshadigan alkogol mahsulotlari, Onix va Tracker uchun shartnoma berish tiklanishi, modernizatsiyasi yakunlangan To‘palang GES va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov Andijonda kaltaklangan bo‘lishi mumkin. Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ovozlarni yig‘ish jarayonida bir guruh erkak va ayollar paydo bo‘lib, janjal uyushtirishgan. Andijon viloyat IIB voqea o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Yuqori sinflarda fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi — prezident ta’lim tizimi bo‘yicha muhim takliflarni ma’qulladi.
Qoraqalpog‘istonda suv tanqisligi tufayli sholi maydonlarini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Natijada bozorga mazkur mahsulotning eng katta miqdorda yetkazib turgan hududda guruch yetishtirish prognozi 2,5 barobarga — 147,2 ming tonnadan 60 ming tonnaga qisqaradi.
O‘zbekiston yana Xitoyga gaz eksport qilishini boshladi. Aprel oyida gaz eksporti hajmi 40,5 mln dollargacha yetgandi.
Singapur prezidenti Halima Yaqub Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan 23−25-may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu Singapur rahbarining mamlakatga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.
21-may kuni bo‘lib o‘tgan Men Gʻolib yugurish marafoni O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarning vakillari, sport muxlislari va professional sportchilarni birlashtirdi.
RFning Belgorod viloyatiga ukrainalik diversantlar kirib kelgani ma’lum qilindi. “Rossiya Ozodligi” legioni va Rossiya ko‘ngillilar korpusi aholi punktlarini egallagani aytilmoqda. Ukrain razvedkasi esa ukrainaliklarni himoya qilish uchun “xavfsiz zona” yaratish bo‘yicha operatsiya olib borilayotganini bildirdi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarada O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirib kelgan harbiylarni qo‘lga oldi.
Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQSh o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshlashini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun jangovar samolyotlar sotib olish bo‘yicha koalitsiya tuzishga kelishib olgan.
Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U o‘zininng 58 kishilik Telegram-kanalida turli hil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, tanishlari bilan muhokama qilib kelgan.
Buvayda tumanida bog‘dorchilik uchun ajratilgan 0,75 gektar yerni noqonuniy ravishda 80 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi.
2023-yil sentabr oyidan 1−4-sinf o‘quvchilariga xorijiy tajriba asosida, 5−9-sinflarga esa umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar beriladi. 10−11-sinflar qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitiladi.
O‘zbekistonda 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yildi. So‘nggi marta narxlar 2021-yil dekabrda oshgandi.
Hukumat qarori bilan IT, matematik statistika, dasturlash tillari, ingliz tili kabi yo‘nalishlarda talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Unda BHMning to‘rt baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba stipendiya berib boriladi. O‘quv kursiga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.
Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting