Arxiv

Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
18 may 2023, 09:20

Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

2019-yildan beri Toshkent shahri hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Abdulvosid Xomitjonov egalladi.

17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 may 2023, 22:00

17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus ishida apellyatsiya bergan yana 28 mahkum, Cobalt va Lacetti narxi oshishini rad etgan UzAuto Motors, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida, xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan samarqandlik erkak, “yashil energiya” sertifikatlari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi
17 may 2023, 21:41

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun 19,3 mln dollar kredit ajratdi.

“Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas” — Shavkat Mirziyoyev
17 may 2023, 21:24

“Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumida so‘zlagan nutqida bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: qashshoqlikni qisqartirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport va ekologiya sohalarida DXSHni kengaytirish kabilarni sanab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi
17 may 2023, 20:53

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashish rejalashtirilgan.

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari
17 may 2023, 20:43

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari

Gaz qazib olishni keskin oshirish vazifasini bajarish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish talab etiladi, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Toshkentga hokim bo‘lib qolgan taksi haydovchisi haqidagi “Hokim buva” mini-seriali namoyishi boshlandi
17 may 2023, 19:10

Toshkentga hokim bo‘lib qolgan taksi haydovchisi haqidagi “Hokim buva” mini-seriali namoyishi boshlandi

Internetda rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Hokim buva” mini-serialining namoyishi boshlandi. Komediya janridagi ushbu serial ijtimoiy-siyosiy muammolardan muttasil nolib yuradigan taksi haydovchisining Toshkentga hokim bo‘lib qolishi va bu lavozimdagi sarguzashtlari haqida.

“Jamiyatda fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim” — adliya vaziri
17 may 2023, 18:38

“Jamiyatda fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim” — adliya vaziri

“Toshkent huquq bahori” xalqaro forumida adliya vaziri Akbar Toshqulov jamiyatda fundamental huquqlarni yaxshi tomonga burishga harakat qiluvchilar rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istashini aytdi. “Chunki biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz”, — dedi u.

Toshkentda Matiz urib yuborgan 12 yoshli o‘quvchi vafot etdi
17 may 2023, 17:23

Toshkentda Matiz urib yuborgan 12 yoshli o‘quvchi vafot etdi

Uchtepa tumanida Matiz haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli o‘quvchini urib yubordi. U jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

“O‘zmilliybank” va XDTB o‘rtasida kredit kelishuvi imzolandi
17 may 2023, 17:00

“O‘zmilliybank” va XDTB o‘rtasida kredit kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston-Xitoy biznes-forum doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida 1,18 mlrd yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti narxlarining oshishini rad etdi
17 may 2023, 16:53

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti narxlarining oshishini rad etdi

Tarmoqlarda 1-iyundan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyalari taqdim etilishi, Cobalt va Lacetti narxi 20−23 ming dollargacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini bildirdi.

Nukus ishi bo‘yicha yana 28 nafar mahkum apellyatsiya berdi
17 may 2023, 16:49

Nukus ishi bo‘yicha yana 28 nafar mahkum apellyatsiya berdi

Nukus voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud jarayonida qamoq jazosiga hukm qilingan 28 nafar shaxs apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ularni ko‘rib chiqish payshanba kuni boshlanadi. Yana 16 nafar mahkumga nisbatan apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda.

YeXHT DIIHB O‘zbekistonga saylovga tayyorgarlikni o‘rganish uchun missiyasini yubordi
17 may 2023, 16:43

YeXHT DIIHB O‘zbekistonga saylovga tayyorgarlikni o‘rganish uchun missiyasini yubordi

O‘zbekistonga muddatidan oldingi prezident saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi keldi. Missiya saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Samarqandda erkak xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi
17 may 2023, 16:37

Samarqandda erkak xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti
17 may 2023, 16:14

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti

To‘rtinchi sanoat inqilobining sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida 100 mingta, qurilish sohasida 334 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu borada Osiyo taraqqiyot bankining yangi tadqiqotida so‘z borgan.

O‘zbekistonning uchta viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida shifoxonalar quriladi
17 may 2023, 15:51

O‘zbekistonning uchta viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida shifoxonalar quriladi

O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik negizida uchta shifoxona qurish rejalashtirilgan.

PIRLS tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egalladi
17 may 2023, 15:47

PIRLS tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egalladi

Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda ilk bor qatnashgan O‘zbekiston 57 davlat orasida o‘rtacha balldan pastroq natijani qayd etib, 49-o‘rinni egalladi. PIRLS natijalari haqida batafsil.

YI va FTA O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi
17 may 2023, 15:38

YI va FTA O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi

Yevropa Ittifoqi, Fransiya taraqqiyot agentligi va O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish borasidagi bitimni imzoladi.

OTP Bank 2 hafta ichida “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitimni yakunlamoqchi
17 may 2023, 15:16

OTP Bank 2 hafta ichida “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitimni yakunlamoqchi

“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitim ikki hafta ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi OTP Bank direktori o‘rinbosari Laslo Vulf. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTP 2022-yil dekabr oyida xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish ustida ishlamoqda.

“Agrobank” vakillari halqaro forumda ishtirok etdi
17 may 2023, 15:00

“Agrobank” vakillari halqaro forumda ishtirok etdi

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan forumda “Agrobank” Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan ikkita mukofot bilan taqdirlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting