Arxiv

O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda
18 may 2023, 15:59

O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda. Hozirda tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Ukraina va Rossiyaning “don bitimi” ikki oyga uzaytirildi
18 may 2023, 15:57

Ukraina va Rossiyaning “don bitimi” ikki oyga uzaytirildi

Ukraina donini Qora dengiz portlaridan olib chiqish bo‘yicha bitim yana 60 kunga uzaytirildi. Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT tomonidan tuzilgan bitimning amal qilish muddati 18-mayda tugadi.

Fuqarolarning bank kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olgan shaxslar ushlandi
18 may 2023, 15:21

Fuqarolarning bank kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olgan shaxslar ushlandi

IIV Kiberxavfsizlik markazi o‘zini Slick to‘lov tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olgan bir necha shaxsni aniqladi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
18 may 2023, 15:15

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov qozog‘istonlik hamkasbi Ruslan Jaqsiliqovni qabul qildi. Tomonlar harbiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirishdi va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

O‘zbekistondagi muzey va ko‘rgazmalarga onlayn sayohat
18 may 2023, 13:38

O‘zbekistondagi muzey va ko‘rgazmalarga onlayn sayohat

“Gazeta.uz” respublikada mavjud memorial muzeylar haqida ko‘plab maqola va fotoreportajlar tayyorlagan. 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tahririyat ana shu tarixiy manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi.

Surxondaryo viloyatida “tez yordam” xodimlari chaqiruvga skuterlarda ham bormoqda
18 may 2023, 13:15

Surxondaryo viloyatida “tez yordam” xodimlari chaqiruvga skuterlarda ham bormoqda

Surxondaryo viloyatida feldsherlar sinov tariqasida “tez yordam” chaqiruviga skuterlarda ham bormoqda. Bunda tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura olish maqsad qilingan. Ular ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga birinchi yordamni ko‘rsatib qaytadi.

“Investorlarga bashoratlilik va barqarorlik zarur” — YeTTB bosh iqtisodchisi
18 may 2023, 13:15

“Investorlarga bashoratlilik va barqarorlik zarur” — YeTTB bosh iqtisodchisi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Beata Yavorchik hamda mintaqaviy iqtisodchisi Erik Livni “Gazeta.uz”ga iqtisodiyot uchun yangi xatarlar, sarmoyalarni jalb etishning samarali strategiyalari, islohotlarning jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligining ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.

O‘zbekiston Tojikistondan 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiladi
18 may 2023, 13:02

O‘zbekiston Tojikistondan 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiladi

2023-yilning may-sentabr oylarida O‘zbekiston Tojikistondan 1 mlrd 285 mln kVt soat elektr energiyasini import qiladi.

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan Sayfullo Soipov 8 marta umrbod va 260 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18 may 2023, 11:59

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan Sayfullo Soipov 8 marta umrbod va 260 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2017-yil Nyu-Yorkda yuk mashinasini odamlar ustiga haydab, 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov 8 marta umrbod va 260 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

YTTB Uzbekistan Airports maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi
18 may 2023, 11:34

YTTB Uzbekistan Airports maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi

YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
18 may 2023, 10:27

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

1-dekabrdan O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

Tijorat banklarida dollar kursi sezilarli ko‘tarildi
18 may 2023, 09:53

Tijorat banklarida dollar kursi sezilarli ko‘tarildi

Tijorat banklari 18-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 480 — 11 520 so‘m.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
18 may 2023, 09:34

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

18−20-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

SSV 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotganini rad etdi
18 may 2023, 09:30

SSV 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotganini rad etdi

Tarmoqlarda O‘zbekistonda 60 yoshdan oshganlarga Xitoydan keltirilgan xavfli dorilar tarqatilayotgani haqida xabar tarqaldi. SSV buni “bo‘hton va safsatadan boshqa narsa emas” deb atadi.

Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
18 may 2023, 09:20

Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

2019-yildan beri Toshkent shahri hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Abdulvosid Xomitjonov egalladi.

17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 may 2023, 22:00

17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus ishida apellyatsiya bergan yana 28 mahkum, Cobalt va Lacetti narxi oshishini rad etgan UzAuto Motors, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida, xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan samarqandlik erkak, “yashil energiya” sertifikatlari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi
17 may 2023, 21:41

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun 19,3 mln dollar kredit ajratdi.

“Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas” — Shavkat Mirziyoyev
17 may 2023, 21:24

“Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumida so‘zlagan nutqida bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: qashshoqlikni qisqartirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport va ekologiya sohalarida DXSHni kengaytirish kabilarni sanab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi
17 may 2023, 20:53

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashish rejalashtirilgan.

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari
17 may 2023, 20:43

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari

Gaz qazib olishni keskin oshirish vazifasini bajarish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish talab etiladi, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting