Arxiv

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
30 noyabr 2022, 10:54

Samarqandda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olayotganda paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi
30 noyabr 2022, 10:02

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi

Banklarda 1 AQSh dollari 11 270 so‘mdan sotilmoqda, aholidan esa 11 195 — 11 250 so‘mdan sotib olinmoqda.

JCH-2022: Angliya va AQSh ham keyingi bosqichda. Pley-offning ilk qarama-qarshiliklari ma’lum bo‘lmoqda
30 noyabr 2022, 09:37

JCH-2022: Angliya va AQSh ham keyingi bosqichda. Pley-offning ilk qarama-qarshiliklari ma’lum bo‘lmoqda

B guruhidagi 3-tur bahslarida AQSh terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi. Guruhdagi yana bir uchrashuvda esa Angliya terma jamoasi Uelsni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Pley-offda AQSh Niderlandiya bilan, Angliya esa Senegal bilan kurash olib boradi.

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Zangiotaga ko‘chiriladi
30 noyabr 2022, 09:32

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Zangiotaga ko‘chiriladi

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi binolarida isitish tizimining butunlay yaroqsiz holga kelib qolgani va xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lgani sababli 2-son Zangiota kasalxonasiga ko‘chiriladi. Faoliyati to‘xtatilgan obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Farg‘onada fuqaro 32 bosh olmaxonni chegaradan noqonuniy olib o‘tgani aniqlandi
29 noyabr 2022, 23:13

Farg‘onada fuqaro 32 bosh olmaxonni chegaradan noqonuniy olib o‘tgani aniqlandi

Farg‘onadagi qo‘shni davlatga chegaradosh mahallalarning birida yashovchi shaxsga tegishli 2 ta yog‘och qutida 32 bosh olmaxon saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Noqulay sharoitlar sabab 2 ta olmaxon nobud bo‘lgan. Jonivorlarning dastlabki qiymati 30 mln so‘mga baholandi. Hozirda ular Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.

JCH-2022: Senegal va Niderlandiya pley-offda, Qatar birorta ham ochko ishlay olmadi
29 noyabr 2022, 22:52

JCH-2022: Senegal va Niderlandiya pley-offda, Qatar birorta ham ochko ishlay olmadi

A guruhidagi hal qiluvchi turda Senegal terma jamoasi Ekvadorni 1:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Guruhdagi yana bir uchrashuvda esa Niderlandiya terma jamoasi Qatarni 2:0 hisobida yengdi. Qatar uchta tur hisobiga ko‘ra birorta ham ochko ishlay olmagan yagona mezbon terma jamoa bo‘ldi.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi YeXHT yig‘ilishida ishtirok etish uchun Polshaga boradi
29 noyabr 2022, 22:16

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi YeXHT yig‘ilishida ishtirok etish uchun Polshaga boradi

30 noyabr — 3 dekabr kunlari Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston TIV delegatsiyasi YeXHTning tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Polshaning Lodz shahriga tashrif buyuradi.

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 21:15

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi

Toshkent-O‘sh-Andijon yo‘lida Isuzu avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafardan 4 nafarga yetdi. 33 kishi shifoxonalarda qolmoqda, ulardan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, 5 nafarining ahvoli og‘ir.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan chegara masalalari bo‘yicha hujjatlarni imzoladi
29 noyabr 2022, 20:42

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan chegara masalalari bo‘yicha hujjatlarni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi.

O‘zbekiston va AQSh faol siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyor — TIV
29 noyabr 2022, 18:49

O‘zbekiston va AQSh faol siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyor — TIV

AQSh ma’muriyati O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak berishda davom etadi. Bu haqda mamlakat elchisi Jonatan Devid Xennik O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Amerikalik qo‘y terisiga yopinib kelgani bilan unda bo‘rining irjayishi ko‘rinib turadi» — Vyacheslav Volodin
29 noyabr 2022, 18:41

«Amerikalik qo‘y terisiga yopinib kelgani bilan unda bo‘rining irjayishi ko‘rinib turadi» — Vyacheslav Volodin

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin boshliq Rossiya parlament delegatsiyasi Qonunchilik palatasi rahbari Nurdinjon Ismoilov, Senat raisi Tanzila Narbayeva va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Volodin tashrifi davomida O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yuzasidan fikr bildirdi.

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 noyabr 2022, 18:14

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqeasi bo‘yicha sud tafsilotlari: Tajimuratovga qarshi ko‘rsatuv bergan Turdanov, O‘zbekiston-Ukraina o‘rtasida biznes uchun imtiyozlar, «KamAZ» urib ketgan 9 yoshli qiz vafoti, 10 oyda «avariyada» halok bo‘lgan 226 nafar bola, jarima balini hisoblash tizimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi
29 noyabr 2022, 17:58

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

Qashqadaryoda tashkil etilganiga 3 kun bo‘lgan firma jami 2 601 000 000 so‘mlik issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlovda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qayta tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Ukraina biznes uchun o‘zaro imtiyozlar berishni muhokama qildi
29 noyabr 2022, 17:19

O‘zbekiston va Ukraina biznes uchun o‘zaro imtiyozlar berishni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralariga o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish masalalarini muhokama qildi.

Endilikda barcha attraksionlarda nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari o‘rnatiladi
29 noyabr 2022, 17:03

Endilikda barcha attraksionlarda nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari o‘rnatiladi

Hukumat qarori bilan barcha attraksionlarda nosozliklar haqida ogohlantirish signalizatsiyasi va tegishli vositalar o‘rnatilishi belgilandi. Shuningdek, attraksionga kirish joyi oldida foydalanishga oid cheklovlar ma’lumoti, so‘nggi ko‘rik sanasi va keyingi tekshiruv vaqti ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Nukus voqealaridan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingandi. Nega faqat 22 kishi sud qilinmoqda?
29 noyabr 2022, 16:16

Nukus voqealaridan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingandi. Nega faqat 22 kishi sud qilinmoqda?

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingan edi. Mustaqil komissiyaning ma’lum qilishicha, ularning 100 dan ortig‘i jamoat kafilligi asosida va qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilishi natijasida oilasiga bag‘riga qaytarilgan, qolganlari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Jizzaxda 17 bosh toychoq yonib ketdi
29 noyabr 2022, 15:26

Jizzaxda 17 bosh toychoq yonib ketdi

Sharof Rashidov tumanida o‘g‘il otasining mol-mulkni noto‘g‘ri taqsimlaganidan norozi bo‘lib, otxonasini yoqib yubordi. Oqibatda 102 mln so‘mlik 17 bosh toychoq va 145 mln so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 15:23

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan 7636 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1931 kishi halok bo‘ldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoshli bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini ma’lum qilgan edi

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX
29 noyabr 2022, 15:01

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX

1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida ishga tushiriladi. Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi
29 noyabr 2022, 13:05

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi

O‘zbekistonda dushanba kuni 131 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etdi (bir kun avval 137 kishi). Kasallanishlarning aksariyati Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting