Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti 4 oy o‘tib qayta tashkil etildi.
YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Yunusobod tumanida 4 ta yuk mashinasi va 8 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov O‘zbekistonda gaz qazib olish keskin pasayganini izohlab, shu yil ikkinchi yarmidan “dinamikaning o‘zgarishi”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz qazib olishning kamayishi asosan “O‘zbekneftgaz” hisobiga bo‘lgan, chunki “kompaniya konlarining 75−80 foizi o‘zlashtirilgan”.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlari haqida maqola yozdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari tarixan ko‘p vektorliligi bilan ajralib turadi. Rossiya yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha Ukraina ham ko‘p vektorli bo‘lishga intilgan, deb yozadi u.
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston, Rossiyadan yana 56 ta metro vagoni olinishi, ITB bilan imzolangan 400 mln dollarlik bitimlar, Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
2021-yildan buyon 14 102 ta yuqori natijali xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga imtihon uchun qilgan to‘lovi qaytarib berildi. Ularning 10 356 tasi IELTS uchun to‘langan kompensatsiyadir. Bunda talabgor 7 balldan yuqori natija ko‘rsatishi talab etiladi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumidagi nutqida Xalqaro tijorat sudini ishga tushirish rejalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni davom ettirish niyatini ma’lum qildi va xususiylashtirish dasturi haqida gapirdi.
O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik nutq so‘zladi. U tabiatni asrash uchun barcha tashkilot va fuqarolar birga harakat qilishi kerakligini aytdi. “Deyarli barcha kiyimlarimni second-hand`dan xarid qilaman, bu odatga aylangan”, — dedi elchi.
Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat endi faqat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Toshkent metropoliteni 2023-yilda yana 56 ta vagon yoki 14 ta tarkibni qabul qilishi kerak, dedi “Transmashxolding” (Rossiya) rahbari poytaxtdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida. 2019−2021-yillarda 60 ta vagon yetkazib berilgan.
O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ko‘magida Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni bir hafta keyinga qoldirdi. Regulyatorga ko‘ra, “prognozlarni yangilash, ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarni keng qamrovli tahlil qilish” uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yildan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholashni rejalashtirmoqda.
28-aprel — 1-may kunlari Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting