Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi “Chust” kanaliga “Jiguli” tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi.
Tijorat banklari 27-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 380 — 11 435 so‘m.
Polsha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va 2022-yil martida Interpolning Qizil xabarnomasi asosida hibsga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. U yirik firibgarlikda ayblanmoqda.
25-aprelda Turkiya prezidenti Erdog‘anning sog‘lig‘i yomonlashdi. Keyinroq uning oshqozonida muammo borligi aytilib, bir nechta uchrashuvlar bekor qilindi. Prezident ma’muriyati uning yurak xurujiga chalingani haqidagi xabarlarni “asossiz” deb atadi. 14-may kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘ladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.
Iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mamlakatga kirishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab qilinmaydi.
Litiy qazib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston, Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Mirziyoyev, bemorning eri tomonidan kaltaklagan shifokor, maktab qizlarining navbatdagi janjali, O‘zbekiston va Turkmanistonning 2 ta chegara posti qayta tiklanishi mumkinligi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent metrosi yerusti Halqa yo‘lining beshta yangi bekati (8−12) yo‘lovchilar uchun ochildi. Stansiyalarning interer dizayni, tematik bezakli “Paralimpiya harakati” stansiyasidan tashqari, boshqalar bilan bir xil. Stansiyalar qanday ko‘rinishga egaligi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
1966-yil 26-aprelda Toshkentda vayronkor zilzila sodir bo‘lgandi. O‘shanda shahar hayvonot bog‘ida 200 dan ortiq hayvonlar va qushlar bo‘lgan. Bog‘ning haqiqiy ma’nodagi oqsoqoli Mahmadali Asqarov “Gazeta.uz”ga hayvonot bog‘i va uning jonzotlari tabiiy ofatni qanday boshdan kechirgani haqida gapirib berdi.
Buxorodagi Minorai Kalon yonida joylashgan Poi Kalon majmuasida Vladimir Spivakov rahbarligida Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining ochiq osmon ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishda ijtimoiy soliqni ish beruvchiga qaytarish tartibi qayta joriy etiladi. Ushbu imtiyoz 2021−2022-yillarda amalda bo‘lgan, 9 mingta korxona undan foydalangan va ularga 150 mlrd so‘m qaytarilgan.
Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Atilla Gulan boshchiligidagi Turkiya harbiy delegatsiyasi Mudofaa vazirligida O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif ham kutilmoqda.
Bundan 37 yil avval tarixdagi eng yirik texnogen falokatlardan biri — Chernobil AESdagi portlash yuz bergan edi. O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsa-da, bu hodisa uning fuqarolariga ham daxldor. “Gazeta.uz” Chernobil falokati oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkent ichidagi tramvay liniyasining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tramvaylarni mahalliylashtirish talabini qo‘ymoqda.
27−30-aprel kunlari yengil atletika bo‘yicha Toshkentda beshinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 40 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 524 nafar sportchi ishtirok etadi.
Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.
O‘zbekistonda aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdori BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.
24-aprel kuni Bobur nomli O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Unda ikki mamlakat hukumatlari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston ta’mirlash ishlariga 5 mln dollar mablag‘ ajratgandi.
O‘zbekiston litiy qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi. Geologiya vazirligi mamlakatda boshqa “texnologik metallar” deb ataluvchi sohani rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda.
Toshkentda O‘zbekiston va Italiya mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Har ikki davlatning ekstremizm, diniy radikalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda umumiy maqsadlari borligi qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting