Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi fermer xo‘jaligi raisi tasarrufida bo‘lgan 1 gektar yerni boshqa fuqaroga 100 ming dollar evaziga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olganda qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolar bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatib, tadbirkorga so‘kingani uchun Angren hokimi Alisher Raimovga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi. Viloyat hokimligi mansabdorning davlat xizmatchisi kasb etikasini buzgani va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganini tan oldi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmning O‘zbekistondagi tasvirga olish ishlari yakunlanib, shoir umrining so‘nggi oylarini o‘tkazgan AQSh shaharlarida davom etyapti. Film uning qizi Mavluda Oripova xonadonida va u sayr qilishni juda yaxshi ko‘rgan Tinch okeani sohillarida suratga olinyapti.
Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida yotgan erkak chiroq o‘chib qolishi sabab vafot etgani haqida xabar berildi. Energetika vazirligi buni rad etib, holatga izoh berdi.
Oktabr oyida O‘zbekistonda 112,7 mingta avtomobil sotildi. Bu sentabr oyiga nisbatan 8 foizga kam. Ikkilamchi bozorda sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq keskinlashib, 1,4 foiz kamayishni qayd etdi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Yevroparlament Rossiyani «terror homiysi bo‘lgan davlat» sifatida tan olganini izohlar ekan, «Putin Rossiyani imperiyaga aylantirishni orzu qilib, bor qudratiga ham tarixiy zarba berib qo‘ydi», dedi. Uning fikricha, «Rossiya bu vaziyatdan zaif va o‘ta zaif holatda chiqadi».
Publitsist va bloger Shokir Sharipov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, poytaxtda bir kishilik piket uyushtirdi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bunga «ichimdagi isyon majbur qildi», deya ta’kidladi.
So‘nggi 7 kunda 2310 kishi kovid yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlanib, karantinga olindi. Shifoxonalarda esa 539 nafar bemor davolanmoqda. «Hozirda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar kovid bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aniqlanmoqda», — dedi SES rahbari o‘rinbosari.
Prezident qarori bilan «O‘zbekkosmos» agentligiga koinot tasvirlarini tahlil qilish yo‘li bilan qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash vazifasi yuklatildi.
JCH-2022ning yana bir kunida E va F guruhidan joy olgan Ispaniya — Kosta-Rika va Belgiya — Kanada bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda ispaniyaliklar total ustunlik qilib, 7 gol urib rekord hisobni qayd etishgan bo‘lishsa, ikkinchi bahsda aslida Belgiyadan kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan Kanada 0:1 hisobida yutqazdi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Nexia-2 ag‘darilib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yubordi. Oqibatda bolalardan biri tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Banklarda 24 noyabr kuni 1 AQSh dollari 11 180 — 11 260 so‘mdan sotib olinmoqda, sotish kursi esa 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi.
Moliya vaziri quyi palata sessiyasida 2022 yildagi davlat budjeti hisobidan XTVga qo‘shimcha 922 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Shundan 106 mlrd so‘m Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 1−4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun, 400 mlrd so‘m esa darslik ijarasini budjetdan qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muhokamada budjet taqchilligi 3%dan 4%ga oshirilishini ma’lum qildi. Avvalroq hukumat limitga moslasha olmayotgani uchun deputatlardan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini oshirishni so‘ragandi.
Toshkentda tramvay yo‘llarini quradigan Fransiya kompaniyasi, yoqib yuborilgan 34,2 ming quti tamaki, yana daraxtkushlik, «TTZ»dan «Mashinasozlar» metrosigacha ekspress avtobus, 800 mln yevroga 17 ta samolyot sotib olinishi, $40 mlrddan oshgan tashqi savdo aylanmasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Hukumat qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi rahbarining barcha o‘rinbosarlari, xususan, Rustamxon Azizov, Aziz Gafurov va Aleksey Sim o‘z lavozimidan ozod etildi. Ushbu agentlik sentabr oyida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.
23 noyabr kuni E guruhidan joy olgan Germaniya — Yaponiya bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Yaponiya «kambek» amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi. F guruhidagi Marokash — Xorvatiya bahsida esa hisob ochilmadi — 0:0.
Yevroparlament Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari uchun Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oldi. Shuningdek, deputatlar Yevropa kengashini Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi va «Qodirovchilar» polkini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi.
Ikki qizni Indoneziyaga fohishalik qilish uchun yuborishni rejalashtirgan ikki fuqaro 5 yilu 1 oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oyoqlari kombaynning yanchuvchi qismiga kirib ketgan 35 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting