Arxiv

22 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 noyabr 2022, 22:00

22 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Parijda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev, maqsadsiz sarflangan 705 mlrd so‘m budjet mablag‘lari, is gazidan o‘lgan 17 yoshli qashqadaryolik qiz, Germaniyadan Samarqandga charter reyslar, Yaponiya ordeni bilan taqdirlangan Aziz Abduhakimov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«O‘zmilliybank» va Fransiyaning banklaridan biri hamkorlik shartnomasini imzoladi
22 noyabr 2022, 21:00

«O‘zmilliybank» va Fransiyaning banklaridan biri hamkorlik shartnomasini imzoladi

«O‘zmilliybank» AJ va Fransiyaning Societe Generale banki 50 mln yevrolik kelishuvga erishdi. Shartnoma ikki bank o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.

Foto, video: O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr 2022, 20:38

Foto, video: O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

«Arab Messisi» Messidan ustun keldi: Argentina — Saudiya Arabistoni 1:2
22 noyabr 2022, 18:13

«Arab Messisi» Messidan ustun keldi: Argentina — Saudiya Arabistoni 1:2

C guruhidan joy olgan Argentina — Saudiya Arabistoni bahsi kutilmagan 1:2 hisobi bilan yakunlandi. 1-taymda Messi penalti zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan bo‘lsa, 2-taymda Erve Renar shogirdlari nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga ham chiqib olishdi.

Samarqandda 5 mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi
22 noyabr 2022, 17:46

Samarqandda 5 mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Lada Granta, Cobalt, Damas, Lacetti va Tico ishtirokida avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz is gazidan vafot etdi
22 noyabr 2022, 16:37

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz is gazidan vafot etdi

Qarshi shahrida ijarada yashovchi qiz hammomda is gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etdi. Shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi. 17 yoshli qiz noyabrda is gazi sabab vafot etganlarning oltinchisi bo‘ldi.

Toshkentdagi birinchi pullik avtoturargohlar qayerlarda tashkil etiladi?
22 noyabr 2022, 15:59

Toshkentdagi birinchi pullik avtoturargohlar qayerlarda tashkil etiladi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.

«Bitta vazirlik boshqalarning ustidan qo‘riqchi bo‘lishi bilan muammo hal bo‘lmaydi» — Timur Ishmetov
22 noyabr 2022, 15:03

«Bitta vazirlik boshqalarning ustidan qo‘riqchi bo‘lishi bilan muammo hal bo‘lmaydi» — Timur Ishmetov

Qo‘yi palataning navbatdagi majlisida O‘zbekistonda qariyb 705 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Moliya vaziri Timur Ishmetov bunga javoban budjet taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirishda barcha vazirliklar javobgar ekanini aytib, ularni mas’uliyatli faoliyat olib borishga chaqirdi.

Aziz Abduhakimov Yaponiyaning oliy darajadagi ordeni bilan taqdirlandi
22 noyabr 2022, 15:02

Aziz Abduhakimov Yaponiyaning oliy darajadagi ordeni bilan taqdirlandi

Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya imperatoridan «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordenini qabul qilib oldi. Yaponiyaning eng qadimiy ordeni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shilgan ko‘p yillik xizmatlar uchun berildi.

UZDIGITAL TV dunyoga mashhur sport telekanallarini efirga uzatadi
22 noyabr 2022, 15:00

UZDIGITAL TV dunyoga mashhur sport telekanallarini efirga uzatadi

UZDIGITAL TV Setanta 1 va Setanta 2 telekanallarini efirga uzatish huquqiga ega bo‘ldi. Endi sport muxlislari yirik futbol ligalari va boshqa musobaqalarni HD sifatida tomosha qilishlari mumkin.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi
22 noyabr 2022, 14:47

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi

Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.

«Investorlar O‘zbekiston deganda barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilayapmiz» — Shavkat Mirziyoyev
22 noyabr 2022, 14:38

«Investorlar O‘zbekiston deganda barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilayapmiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Parijda «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. U fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar vositasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Toshkent ko‘chalaridagi yoritkichlar tunda o‘chirilishi ortidan elektr sarfi 25 foizga kamaydi
22 noyabr 2022, 14:33

Toshkent ko‘chalaridagi yoritkichlar tunda o‘chirilishi ortidan elektr sarfi 25 foizga kamaydi

Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi
22 noyabr 2022, 14:12

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan 9 oy davomida 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlandi. «Bunday holatlar yildan-yilga oshib bormoqda», — deyiladi quyi palata xabarida.

Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda
22 noyabr 2022, 12:51

Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida mast erkak shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini «nega meni haqorat qilasan», deya kaltakladi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etdi.

Noqulay ob-havo sabab Urganch aeroporti uchta aviareysni qabul qila olmadi
22 noyabr 2022, 11:54

Noqulay ob-havo sabab Urganch aeroporti uchta aviareysni qabul qila olmadi

Urganch xalqaro aeroporti quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli 3 ta aviareysni qabul qila olmadi. Moskva — Urganch yo‘lovchi reyslari Navoiy va Buxorodagi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

Namanganda Malibu bilan to‘qnashgan VAZ 2101 haydovchisi vafot etdi
22 noyabr 2022, 11:47

Namanganda Malibu bilan to‘qnashgan VAZ 2101 haydovchisi vafot etdi

Namangan viloyatida Malibu va VAZ 2101 mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda VAZ 2101 haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
22 noyabr 2022, 11:17

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.

Samarqandda qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi ishdan olindi
22 noyabr 2022, 11:15

Samarqandda qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi
22 noyabr 2022, 10:18

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi

22 noyabr kuni banklarda dollar 11 260 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 240 — 11 175 so‘m oralig‘ida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting