Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.
O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi sababli 16−17-aprel kunlari respublika shimolida havo harorati kechasi 0 darajagacha tushadi. Kunduzi butun respublika bo‘ylab yomg‘ir va do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +15 darajadan oshmaydi.
“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomini “Karvon”ga o‘zgartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchragandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov telekanal nomida o‘zgarish bo‘lmasligi, mavjud loyihalar saqlab qolinishi, moddiy-texnik baza masalasiga yechim topilishini ma’lum qildi.
Malayziyaning 3 ta kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, sanoat sohasi hamda yetkazib berishda foydalanish uchun dronlar ishlab chiqarish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.
DXX 30 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga noqonuniy yuborishga kelishib, shundan 5000 dollarni olishda gumon qilingan shaxsni ushladi. Boshqa holatda ham bir nechta fuqaro ayni shu summani olganlikda ayblanib qo‘lga olindi.
27-aprel kuni Toshkentda gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum o‘tkaziladi. Unda biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhitining odamlar, kompaniya va jamiyat muvaffaqiyatiga ta’siri hamda boshqa mavzular muhokama qilinadi.
Bektemir tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan mashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan Spark piyodani urib ketdi. 40 yoshli piyoda tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
Malayziyaning Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasi “Samavto” MCHJ bilan korxona ehtiyojlari uchun alyuminiy kuzovlar yetkazib berish va O‘zbekistonda birgalikda elektrobuslar ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi.
Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.
Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga dala chetlarini o‘zlashtirish, ularda mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarning ishonchli xaridini tashkil qilish vazifasi yuklatildi. Fermerlarga zovur suvlarida o‘rdak boqish va asalari uyasi tashkil qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Regulation.gov.uz portalida talabalarning 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror loyihasi joylashtirildi. Unga ko‘ra, talabalar OTM rahbari bergan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin bo‘ladi. Qaror loyihasiga 27-aprelgacha taklif kiritish mumkin.
Toshkentda yoz fasliga rejalashtirilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi. Bu murakkab restavratsiya ishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, “jamoat maydonining munosib namunasi” bo‘lishi va’da qilingan kutubxona oldida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi asoschilaridan biri Bennett Friman O‘zbekiston hukumatini “islohotlarga qaytib, o‘zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka” chaqirdi. “Mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi”, — dedi u.
Tijorat banklari 13-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 485 so‘m.
Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buyuk Britaniya ishbilarmon Alisher Usmonovning USM xoldingini, shuningdek, unga aloqadorligi aytilayotgan ikkita kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. UMS sanksiyalarni adolatsiz va asossiz deb hisoblashini bildirdi.
O‘zbekistonning “Oxangaronsement” sement zavodi AQShning yangi sanksiyalariga uchradi. 2022-yil boshida zavodning 98,6 foiz ulushini sotib olgan Alisher Usmonovning UMS xoldingi tomonidan tashkil etilgan Akkermann Cement CA ham cheklovlar ostida qolgan.
So‘xdagi gaz inshootini tiklashni boshlagan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rgan Mirziyoyev, 24 soat ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etilishi, Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilgan yegulikdan chiqqan qum va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkentlik Anastasiya Stepanova Marsga ekspeditsiya simulyatsiyasi — “Mars 160” va Oyga parvoz imitatsiyasi — “Sirius-19” loyihalarida qatnashgan. Hozir Colorado School of Mines universitetida doktorlik ishini yozyapti. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u faoliyati, rejalari va o‘z missiyasi haqida so‘zlab berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting