Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilganiga izoh berib, ular orasida noqonuniy qimor o‘yinlari, firibgarlik holatlari va boshqalar borligini ma’lum qildi. Yangi qoidalar ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.
Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.
Senat ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib kelinardi.
Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining drenaj tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
22-aprel — Yer kunida Toshkent viloyatida maxsus poyga o‘tkaziladi. Tashkilotchilar o‘zbekistonliklarni shaxsiy avtomobillardan ko‘ra ko‘proq jamoat transportidan foydalanish va piyoda yurishga chorlamoqda.
SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.
DXX poytaxtda 40 kilogrammga yaqin giyohvand moddani O‘zbekiston orqali boshqa davlatga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik va bir nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ushladi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Tijorat banklari 6-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 — 11 420 so‘m.
Xorijda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘luvchi vatandoshlarni birlashtirishga qaratilgan Uzbekistan’s Club onlayn platformasi ishga tushirildi.
Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga o‘rnatilgan yashirin kamera ortidan prorektor va uch mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi, deya ma’lum qildi Oliy ta’lim vazirligi. Avvalroq OTM rektori xonaga talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash maqsadida kamera o‘rnatilganini qayd etgandi.
Konstitutsiya bo‘yicha referendum byulleteni, Qashqadaryodagi qishloqda yurgan ayiq, 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod etilgan yog‘och va oyna importi, maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari berilishi, asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
“O‘zkimyosanoat” O‘zbekiston rasmiylariga qarshi xalqaro arbitraj ishini boshlagan Ispaniyaning Maxam kompaniyasining “asossiz ayblovlari”ni rad etdi. O‘zbekiston tomoni investorni sarmoya jalb etish va qo‘shma korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda aybladi.
O‘zbekiston prezidentiga Toshkentning Yashnobod tumanida metro estakadalari ostidan savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurilishi loyihasi taqdim etildi. Loyihani ishlab chiqishda Berlin tajribasi ko‘rib chiqilgan.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 36 gektarlik maydonda “Mening birinchi uyim” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida 2,5 mingta oila uchun 58 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Ushbu uylardagi 2 va 3 xonali xonadonlar uchun oylik to‘lov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka to‘lovlaridan arzon bo‘ladi.
O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Endi ular orasida 30 kun ichida mobil ilova orqali kartadan boshqa karta yoki elektron hamyonga BHMning 500 baravari (150 mln so‘m) va undan ortiq miqdorda pul o‘tkazish ham bor.
Anorbank “ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgani uchun” Sof.uz nashri ustidan sudga da’vo kiritgan edi. 2022-yilning noyabridan beri ko‘rilayotgan iqtisodiy nizo yakuniga yetdi. Sud sof.uz nashriga Anorbank foydasiga 3,7 mlrd so‘m miqdorida zarar to‘lashga qaror chiqardi.
Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga ayiq kelib qoldi, tarmoqlarda uning yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Mahalliy aholi uni mashinada urib yubormoqchi ham bo‘ldi. Tabiat resurslari vazirligi va Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari poytaxtdan voqea joyiga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda 2025-yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona boji bekor qilinadi. Shuningdek, yuqori markali sement bo‘yicha bojxona boji imtiyozi yana 1 yilga uzaytiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting