Toshkentda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining katta tezkor xodimi o‘ldirildi. Uning jasadi yoqilib, kanalga tashlab yuborilgan. Uch nafar ayblanuvchi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qo‘qon pedagogika instituti talabalari yotoqxonadagi xonaga yashirin kamera o‘rnatilganini bildirdi. Qizlarning so‘zlariga ko‘ra, shikoyatga javoban prorektor ularga IIBga murojaat qilgani uchun tanbeh bergan, rektor esa “institut mulkiga” zarar yetkazganini tanqid qilgan. Vazirlik holatni nazoratga oldi.
Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning elektromobilidan yuborgan Erdog‘an, O‘zbekistonning AQShdagi yangi elchisi, xorijdagi referendum o‘tkaziladigan uchastkalar xaritasi, yer usti metro bekatlarini nomlash ovozga qo‘yilgani, Adliya vazirligining hibsga olingan sobiq xodimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etildi. Avval ular Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida bo‘lgan.
Xorazmda mansabdorlar mehribonlik uyi qizlarini muntazam zo‘rlab kelgani ortidan bir guruh yoshlar “Ayol buyum emas” shiori ostidagi ijtimoiy loyihaga qo‘l urishdi. Ular “Gazeta.uz” bilan suhbatlashar ekan, ular “davlat o‘z vazifasini eplolmasa, faol insonlar o‘zi harakatga tushishi zarur”ligini ta’kidlashdi.
O‘zbekiston uchta davlat bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qariyb yakunladi, dedi ISSV vakili Amirbek Muhamedov. Ishchi guruh tarkibiga jami 47 davlat kiradi, 31 davlat bilan faol muzokaralar olib borilmoqda, dedi u.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 134,2 mln dollarlik 5026 dona avtomobil olib kirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 922 ta avtomobilga kamaygan, biroq ularning o‘rtacha qiymati 20,9 ming dollardan 26,7 ming dollarga oshgan. Yetkazib berish geografiyasi ham o‘zgardi.
Istanbuldagi Bosh konsulxona so‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklarning Turkiyadagi turli jinoyatlar ishtirokchisi bo‘lib qolgan holatlar ko‘payganini bildirib, fuqarolardan mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘radi.
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga kirishi haqidagi hujjatni imzoladi. Finlyandiya tashkilotga qo‘shilgan 31-mamlakat bo‘ldi.
Tarmoqlarda Adliya vazirligining bo‘lim bosh maslahatchisi hibsga olingani aytilgan xabar tarqaldi. Vazirlik xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini bildirib, u hamkasblari sha’nini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib kelganini ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi.
2023 yil modeli ROG Strix SCAR 18 zamonaviy texnik xarakteristika va dizaynga ega o‘yin noutbuklarining yorqin vakilidir.
O‘zbekistonda 2017-yildan 2021−2022-yilgacha bo‘lgan davrda sil, gepatit B va 2-toifa qandli diabet bilan kasallanishi kamaygan. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaygan.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shohlari topildi.
Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etadi. So‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Ispaniyaning Maxam korporatsiyasi “Maksam-Chirchiq kimyo zavodidagi ulushi bo‘yicha uzoq davom etgan mojaro tufayli” O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj ishini qo‘zg‘atdi, deb yozadi Eurasianet. Tomonlar kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qila olishmagan.
Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.
4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining qator mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Prezident xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish bo‘yicha Andijon tajribasini O‘zbekiston bo‘ylab joriy etish topshirig‘ini berdi. Bunda isitish tizimlari tadbirkorlarga 10 yilga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting