Arxiv

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora
3 aprel 2023, 18:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora

Toshkent teleminorasini uning foyesidagi hashamatli panno va yuqoridan ko‘rinuvchi shahar manzarasi uchun qadrlashadi. 110 metr balandlikdagi “Koinot” restorani esa minglab juftliklar uchun oilaga tamal toshi qo‘yilgan maskan hisoblanadi. Teleminora xodimlari uni nima uchun yaxshi ko‘rishi — maxsus materialimizda.

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet
3 aprel 2023, 17:59

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan
3 aprel 2023, 17:55

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan

Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.

O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kutilmoqda
3 aprel 2023, 17:17

O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kutilmoqda

Respublikaning deyarli barcha hududlarida 3-aprel kuni soat 20:00 dan 23:00 ga qadar jala yomg‘irlari yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda “Tutukon neo” dorisi sotuvdan olib tashlandi
3 aprel 2023, 16:20 1

O‘zbekistonda “Tutukon neo” dorisi sotuvdan olib tashlandi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi Ispaniyaning “Laboratorio Miquel” ishlab chiqaruvchisiga tegishli “Tutukon neo” dorisini O‘zbekistondagi farmatsevtika bozoridan qaytarib oldi.

O‘zbekiston shaharlarining o‘sishi — mamlakat taraqqiyoti uchun boy bermaslik zarur bo‘lgan noyob imkoniyat
3 aprel 2023, 16:14

O‘zbekiston shaharlarining o‘sishi — mamlakat taraqqiyoti uchun boy bermaslik zarur bo‘lgan noyob imkoniyat

Jahon bankining shaharlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Dmitriy Sivayev “Gazeta.uz” uchun maqolasida mamlakatdagi shaharsozlik bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlar haqida hikoya qiladi.

Martda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda
3 aprel 2023, 15:36

Martda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda

Mart oyida inflyatsiya darajasi 1,01%ni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu oyidagidan past, lekin 2021-yildagidan ko‘p. Sut narxining oshishi davom etdi, shakar 4,7%ga, guruch 4,6%ga qimmatladi. Meva-sabzavotlardan qovoq, pomidor va karam eng qimmatlagan mahsulot bo‘ldi. Toshkentda palov narxi 4,5%ga oshdi.

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin
3 aprel 2023, 14:55

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin

20−21-may Toshkentda bo‘lib o‘tishi aytilgan “JARA” musiqa festivali boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin, deya “Gazeta.uz”ga tadbir targ‘ibotchilari xabar bermoqda. iTicket sayti chiptalar savdosini to‘xtatdi, festivalning Instagram`dagi sahifasi bloklandi. Avvalroq tadbir Boku va Almatada bekor qilingandi.

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi
3 aprel 2023, 12:58

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilanadi. Shuningdek, Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va foydalanuvchilarga suv yetkazib berish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli o‘tadi
3 aprel 2023, 12:12

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli o‘tadi

Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar, do‘l yog‘ishi kuzatiladi. Harorat +15…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Hokimlarning targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi qarorlari E-Qaror portalidan g‘oyib bo‘ldi
3 aprel 2023, 12:04

Hokimlarning targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi qarorlari E-Qaror portalidan g‘oyib bo‘ldi

Hokimlik qarorlari e’lon qilinadigan E-Qaror portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini targ‘ib etish bo‘yicha guruhlar tuzish to‘g‘risidagi hokimlar qarorlari berkitildi, bu haqdagi Toshkent shahri hokimi v.b.ning qarori esa o‘chirib tashlangan.

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi
3 aprel 2023, 11:18

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi

Fermerlar kengashi ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning xatti-harakatlari yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi. BP matbuot xizmati holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Taxmina Ikromova badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida 3 ta medal oldi
3 aprel 2023, 10:48

Taxmina Ikromova badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida 3 ta medal oldi

Bolgariyada o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. U Gretsiyada o‘tgan 1-bosqichda kumush medalni olgandi. Musobaqaning 3-bosqichi Toshkentda bo‘ladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi tushdi
3 aprel 2023, 10:02

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi tushdi

Tijorat banklari 3-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 460 so‘m.

Poytaxt hokimligi — kuchli yomg‘irlardan so‘ng suv bosgani haqida
3 aprel 2023, 09:45

Poytaxt hokimligi — kuchli yomg‘irlardan so‘ng suv bosgani haqida

2-aprelda Toshkentda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shahar ko‘chalari, tunnellar va hatto metro bekatlarini suv bosdi. Hokimlik holatga munosabat bildirib, buni “lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani” bilan izohladi.

Navoiyda gaz taqsimlash stansiyasi davlatga 14 mlrd so‘m zarar yetkazdi
3 aprel 2023, 09:31

Navoiyda gaz taqsimlash stansiyasi davlatga 14 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Qiziltepa tumanidagi “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib kelgani aniqlandi. Buning oqibatida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd so‘m zarar yetgan.

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi
3 aprel 2023, 09:19

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi
3 aprel 2023, 05:07

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi

Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
3 aprel 2023, 04:36

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Viloyat FVB zilzila oqibatida hududdagi o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Inqirozdan inqirozgacha: nima uchun tizimli muammolar hal etilmayapti?
2 aprel 2023, 17:13

Inqirozdan inqirozgacha: nima uchun tizimli muammolar hal etilmayapti?

O‘zbekiston media maydoni yana jo‘shdi. Yana minbarlardan aybdorlarni jazolashga chaqiruvchi g‘azabnok ovozlar yangraydi. Ammo tez orada hammasi — yangi inqirozgacha unutiladi. Xorazmlik amaldorlarning qizlarni zo‘rlagani nosoz tizimning yorqin namunasidir, deb yozadi “Gazeta.uz” kolumnisti Yuriy Saruxanyan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting