Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.
Samarqandda 43 yoshli fuqaro boshqa bir shaxsni 30 ming dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi. Shunday holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi.
Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida 20 ming gektar maydonni egalaydigan Yangi Toshkent quriladi. Poytaxtdagi davlat idoralari ham u yerga ko‘chib boradi. Hozirgi binolar o‘rnida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkentni turizm va biznes markaziga aylantirish reja qilinmoqda.
31 martgacha O‘zbekiston tadbirkor ayollari — biznes rivojlanishiga qaratilgan mentorlik dasturida ishtirok etish uchun onlayn ariza qoldirishlari mumkin.
Turkcha oshirma xamirli plyushkalar, paxlava, chak-chak, turshak va olxo‘rili rogaliklar, xolvaytar va boshqalar — Zira.uz bahoriy bayram bo‘lgan Navro‘z dasturxoni uchun mazali pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 33 yoshli o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev YTHga uchrashi oqibatida vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Navro‘z bayramida kunlar +25 darajaga isishi, Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga o‘qilgan sud hukmi, Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamalgani, nazoratga olingan Shaffof «zapravka»lari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Ular ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish tarzidagi harbiy jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Samarqand aeroportida 30 dan ortiq aviatsiya ixlosmandlari ishtirokida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Aviaspotterlarga samolyotlarni tunda «tutib olish» va tongni perronda kutib olish taklif qilindi.
Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.
Talabalar SANFA uchun plastik butilkalarni yig‘ib, ularni geomembranga aylantiradilar. Loyihaning natijasida Ustyurt platosida yashovchi hayvonlar uchun qo‘riqlanadigan hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ekotizim yaratiladi.
Qashqadaryoda ayol va u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakning sochini olib, qamchilab «samosud» qilgan ota va uning 3 o‘g‘liga sud hukmi o‘qildi. Viloyat sudlari axborot xizmatiga ko‘ra, ularning ikki nafariga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bir nafari 3 yilga, yana biri 2 yilga qamaldi.
Sirdaryoda yuk mashinasida fuqaro 2950 kg iste’molga yaroqsiz mol go‘shtini Toshkentga olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
YChLning ¼ final bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Manchester Siti” — “Bavariya”, “Real Madrid” — “Chelsi”, “Milan” — “Napoli”, “Inter” — “Benfika” klublari yarim final uchun bahslashadi.
O‘zbekistondagi 11 ta kompaniya PDP University bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Unicorn 2.0 | Social lift loyihasini taqdim etmoqda.
Tabiat resurslar vazirligi va BMT agentliklarining Surxondaryoda o‘rmon barpo etish loyihasida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik va 413 nafar afg‘onistonlik ishtirok etdi. Loyiha doirasida Termiz shahri va viloyatning to‘rtta tumanidagi tashkil etilgan 100 gektar yashil hudud va istirohat bog‘lariga ko‘chatlar ekildi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonning undagi ulushi 100 mln dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting