O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qilishicha, yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaygan, bu esa uning ikkinchi chorakda yanada pasayishi ehtimolini oshirgan. Anomal sovuq savdo va sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin Markaziy bank birinchi yarim yillikning oxirigacha sohalardagi ko‘rsatkichlar tiklanishini kutmoqda.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi. Loyihada 113 ta qishloqni rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida avtobuslar 19, 20, 21, 22 mart kunlari shanbalik, 25 mart kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
O‘zbekiston prezidenti bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi tuzatishlar aks etgan qonunni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Bo‘zatov tumanida 200 o‘ringa mo‘ljallangan sanatoriyning qurish ishlari boshlandi. U O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, uning bahosi 123 mlrd so‘m. Olti qavatli imorat qurilganidan so‘ng 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bosh prokuratura energetika sohasidagi qonunbuzarliklar haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi.
Toshkent shahri yaqinidagi To‘qaytepa yodgorligidan balandligi 80 sm bo‘lgan tarixiy ko‘za yaxshi holatda topildi. Ilmiy xodimlar topilmaning yasalgan davrini aniqlamoqda.
Vayner Dili.me va uning sheriklari fuqaroni urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Bosh prokuratura ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va bloger 10 mart kuni ushlanganini ma’lum qildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston The Economist jurnalining Rossiyaning geosiyosiy ittifoqdoshlari indeksiga kiritilib, 12 davlat ichida oxirgi o‘rinda qayd etildi. Nashr ro‘yxatni tuzishda mamlakatlarning diplomatik, harbiy, shuningdek, energetika va iqtisodiy aloqalarini tahlil qilgan.
Yanvar oyida o‘z arizasi bilan Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgan Rahmatulloh Sayfuddinov «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha respublika referendumi 30 aprel — yakshanba kuni o‘tkaziladi. Muddatidan oldin ovoz berishni istaganlar 19−26 aprel kunlari jarayonda qatnashishlari mumkin.
O‘zbekistonda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 182 milliard 386 million so‘m ajratildi.
Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi keskin ko‘tarildi, buning sababi sifatida yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda hosilning nobud bo‘lgani ko‘rilmoqda. 10 martga qadar qizil pomidorning ulgurji narxi 27 ming so‘mga, pushti ranglisi esa 33 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.
Navoiyda Toshkentga olib kelinayotgan iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi. Mahsulot qish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Tijorat banklari 16 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 460 — 11 505 so‘m.
Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar, Farhodjon Ismoilov esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Anqarada prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistondagi muzokaralarda gender tafovutiga chek qo‘yish, qamoqda saqlash joylarida shafqatsiz munosabatga barham berish, NNTlarning erkin faoliyat yuritishi, OAV va so‘z erkinligini himoya qilish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston voqealari kabi masalalarni muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting