Tarmoqlarda jizzaxlik ikki fuqaro YPX xodimlari haqida suratga olgan hazilomuz video tarqaldi. IIV ma’lum qilishicha, ularning biri 15 sutka, boshqasi esa 10 sutkaga qamaldi.
Tijorat banklari 14 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 430 — 11 480 so‘m.
Olmazor tumanida Epica, 2 ta Cobalt va Matiz to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida 2 haydovchi va yo‘lovchilar jarohatlandi.
14 martdan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 benzini bir litri uchun 7500 so‘mdan sotilmoqda. Shu vaqtgacha uning narxi 9000 so‘m atrofida edi.
Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017 yilda Nyu-Yorkda yuk mashinasida 8 nafar insonni bosib ketib o‘ldirgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.
Bir yil avval Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangan Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi. Uning jinoyat ustida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi.
Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi «Termiz» dala o‘quv maydonida qo‘shinlarning brigada taktik o‘quvini kuzatdi. Ularning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqib o‘tkazilgani qayd etildi.
Ahmed Faruq Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda undan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilib olindi.
O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Parkent tumanlari hokimlari dehqon xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha 100 gektardan yer maydoni ajratib bermagani uchun tushuntirish xati yozadi. Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz hokimlari o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi.
Turkiyadagi zilzilarda jami 48448 kishi vafot etgani va ularning 6660 nafar chet elliklar ekani, AQSh sanksiyalar ro‘yxatidagi generalning Xitoy mudofaa vaziri etib tayinlangani, 2022 yilda Rossiya tashqi savdo aylanmasining 8,1 foizga o‘sgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosida O‘zbekiston qaysi tarafdaligini aytgan prezident, Toshkentda o‘zini 7-qavatdan tashlagan rossiyalik, amaldorlarning xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi taqiqlangani, maktabda trenddagi qo‘shiqqa video olgan direktor va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi iyun oyida Toshkent va Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi turnirida ishtirok etishi mumkin.
Toshkent markazida bir kishi turar-joy binosining 7-qavatidagi derazadan o‘zini tashlab halok bo‘ldi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi uning Rossiya fuqarosi ekanligini ma’lum qildi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining sobiq rahbari Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2017−2020 yillarda mazkur tashkilotda birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlagan.
Yakkasaroydagi 91-maktabda direktor va uning o‘rinbosarlari mashhur «Za dengi da» qo‘shig‘iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Tuman hokimligi pedagoglar jiddiy ogohlantirilganini ma’lum qildi. O‘qituvchilardan birini esa ishdan bo‘shatishmoqchi ekani aytilmoqda.
Samarqand shahridagi xususiy mulkda bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektiga zarar yetkazilgani haqida xabar tarqaldi. Madaniy meros agentligi aybdor tadbirkor ozodlikdan mahrum etilganini ma’lum qildi.
1 martdan E-aktiv tizimida soliq hisobi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish majburiy bo‘lishi kerak edi. Biroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi ixtiyoriy buyruqning amal qilish muddatini 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritdi.
DXX Ohangaron tumanida 420 ming gektar yerni $700 mingga sotishda gumonlangan ferma rahbari, uning otasi va mahalla raisini qo‘lga oldi. Shuningdek, Jizzax va Andijonda ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.
Prezident Surxondaryoga o‘tgan yig‘ilishda viloyatga ijtimoiy muammolarni hal qilishga davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda 465 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilindi. Shuningdek, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 328 mln dollar jalb qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting