Arxiv

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi
7 mart 2023, 18:00

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi

Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yakunlandi. Noyabr oyida uning ochilishida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishtirok etgandi. Shu vaqt oralig‘ida ekspozitsiyaga 260 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonga Turkiston silovsini va Buxoro bug‘ulari tushdi
7 mart 2023, 17:59

O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonga Turkiston silovsini va Buxoro bug‘ulari tushdi

Tabiat resurslari vazirligi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonga tushib qolgan Turkiston silovsini va Buxoro bug‘ulari hamda pushti saqoqushlar suratlarini namoyish etdi. Ularning barchasi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.

Konstitutsiyada «xalq sog‘lig‘i va ma’naviyatini himoya qilish» maqsadida axborotni tarqatish cheklanishi mumkin
7 mart 2023, 17:46

Konstitutsiyada «xalq sog‘lig‘i va ma’naviyatini himoya qilish» maqsadida axborotni tarqatish cheklanishi mumkin

Konstitutsiyaning 29-moddasini «axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatini himoya qilish maqsadida cheklash» bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Shunga qaramasdan, fikr yuritishni cheklash bilan bog‘liq norma uni nazorat qilish imkonsizligi sababli chiqarib tashlanmoqda.

Bolani chet elda nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
7 mart 2023, 17:44

Bolani chet elda nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senatorlar bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Farg‘onada 20 yoshli yigit onasini pichoqlab o‘ldirdi
7 mart 2023, 15:54

Farg‘onada 20 yoshli yigit onasini pichoqlab o‘ldirdi

Marg‘ilonda 20 yoshli yigit janjal sabab onasini pichoqlab o‘ldirdi. Unga nisbatan 12 yil qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishi mumkin?
7 mart 2023, 15:27

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishi mumkin?

Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqishda viza talab etilmaydigan va vizasiz belgilangan muddatlarda yurish mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Qozog‘istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab quriladi
7 mart 2023, 15:15

Qozog‘istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab quriladi

Qozog‘istonda korrupsiyaga qo‘l urgan amaldorlardan musodara qilingan pullarga 70 ta maktab qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Hozirgacha bunday pullardan 120 mlrd tenge Moliya vazirligi hisobiga o‘tkazib berilgan.

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
7 mart 2023, 14:35

Samarqandda fuqaroni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand xalqaro aeroportida 29 yoshli ayolni BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
7 mart 2023, 14:32

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

2022 yilda chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Xususan, ular Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan olib kelingan.

Qoraqalpog‘istonda sifatsiz oziq-ovqatlar tarqatilgan maktablar direktorlari jarimaga tortildi
7 mart 2023, 12:27

Qoraqalpog‘istonda sifatsiz oziq-ovqatlar tarqatilgan maktablar direktorlari jarimaga tortildi

Senat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablarida o‘quvchilarga bepul ovqat berish tizimini o‘rgandi. Ishlab chiqarish muddati yo‘q mahsulotlar olingani, sifat nazorati jurnali yuritilmagani aniqlandi. Zararlangan oziq-ovqat tarqatilgan Kegeylidagi maktablar direktorlari jarimaga tortildi.

Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgan «elektroset» yuristi qamoqqa olindi
7 mart 2023, 12:07

Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgan «elektroset» yuristi qamoqqa olindi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand filiali yuristi ayol hamkasbini to‘shakka taklif etib, unga tahdid qilishi ortidan ishdan olingandi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, yurist juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda gumonlanib, qamoqqa olindi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi
7 mart 2023, 12:02

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi

Kelasi hafta O‘zbekistonga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk tashrif buyuradi. Uning qator davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin
7 mart 2023, 11:57

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini yiliga 20 milliard kub metrgacha oshirishi mumkin.

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi
7 mart 2023, 11:45

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Bu 2021 yilga qaraganda 1,9 barobar ko‘p.

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi
7 mart 2023, 11:26

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Shamsiddin Sultonov Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi
7 mart 2023, 10:24

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Toshkentda dunyodagi eng yirik dializ markazlaridan biri ochilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari bilan suhbatlashdik
7 mart 2023, 10:14

Toshkentda dunyodagi eng yirik dializ markazlaridan biri ochilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari bilan suhbatlashdik

Toshkentda 160 o‘ringa mo‘ljallangan dializ markazi ochilishi kutilmoqda. Unda yiliga 1000 dan ortiq bemorlar gemodializ muolajasini olish imkoniga ega bo‘ladi. «Gazeta.uz» NephroPlus kompaniyasi O‘zbekistondagi filiali rahbariga buyrak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarning savollari bilan murojaat qildi.

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
7 mart 2023, 10:09

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Banklarda dollar kursi arzonladi
7 mart 2023, 10:02

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 7 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 340 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 — 11 405 so‘m.

Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
7 mart 2023, 09:59

Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida 70 metr kub tuproq-loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting