May oyida Berlinda «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha» ko‘rgazmasi ochiladi. Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyidan 285 ta ashyo namoyish etiladi.
PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.
Prezident tasdiqlagan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, agentlik, davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar davlat mulkini boshqaradi. Mamlakatning yer, yerosti boyliklari, o‘simlik, hayvonot dunyosi, arxiv hujjatlari, madaniy meros obyektlari va muhofazadagi hududlar xususiylashtirilmaydi.
Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V International Tashkent Marathon ommaviy yugurish musobaqasi sabab qator ko‘chalar 11−12 mart kunlari vaqtincha yopiladi.
Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.
Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi jami 16 ta — 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni qabul qildi, keyinchalik u referendumga qo‘yiladi.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Shanba va yakshanba kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat shanba kuni kunduzi +21…+26 daraja, yakshanba kuni salqinroq, +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda burqa kiygan 20 yoshli talaba qiz xotin-qizlarning ochiq-sochiq libosini tanqid qildi. IIV o‘z diniy qarashlari orqali boshqalarga baho berish yoki shaxsiy hayotga aralashish mumkin emasligini eslatib, qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilganini bildirdi.
Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.
11−12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tijorat banklari 10 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 — 11 465 so‘m.
Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovadan pul o‘tkazishda hisob raqamidan pul yechib olinishi va yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirilishi kabi muammolarga uchramoqda. Migratsiya agentligi fuqarolardan bank xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘radi.
Si Szinpin 5 yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi. U uchinchi muddatga prezident etib saylangan XXRning ilk rahbari bo‘ldi.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangiliklar, 1 oyda $1,9 mlrdga kamaygan oltin-valyuta zaxiralari, 8 kunga yopiladi Qo‘yliq metro bekati, yurak xastaligidan vafot etgan Aleksandr Nechayev, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjetiga bag‘ishlangan «Fuqarolar uchun budjet» nashrini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish 5,3 foiz, inflyatsiya 9,5 foiz, davlat budjeti taqchilligi 3 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting