Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Sobirov «Interpol» Milliy markaziy byurosi direktori bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchi va ota-onalar uchun muammo hamda takliflarni yo‘llashda platforma — vazirga murojaat portalini ishga tushirdi. «Mazkur taklif va tashabbuslarni shaxsan o‘zim nazorat qilaman», — deydi Hilola Umarova.
Farg‘ona shahrida 3 kishi is gazidan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Poytaxtda 5-mart kuni “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasi doirasida yurish marafoni o‘tkaziladi. Shu sababli ayrim ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Marhamat tumanidagi «Kelajak nuri» kutubxonasi elektrdan qarzdorligi ko‘payib ketgani uchun yopilgani aytilgandi. Hokimlik vaqtincha yopilishga yog‘ingarchilik sababli bino tomi ta’mirtalab holga kelgani, hozirda ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
G‘ijduvon tumanida avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalarining 3 tasida tabiiy gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda. Oqibatda davlat manfaatlariga 11,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turkmanistonda prezident nomidan 8 mart sovg‘asi sifatida xotin-qizlarga 60 manatdan pul beriladi. Bu davlat kursi bo‘yicha 17 dollar, «qora bozor»da esa 3 dollar degani. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezident sovg‘asini topshirish boshlangan.
Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olindi. Toshkent viloyati IIBBga ko‘ra, unga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishiga blogerlik faoliyatining aloqasi yo‘q, unga tegishli qurilish firmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deyiladi xabarda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Samarqand hududiy filiali yuristi shu yerda direktor o‘rinbosari sifatida ishlovchi ayolni to‘shakka taklif qilgani, rozi bo‘lmasa, unga qarshi jinoyat ishi ochish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda yurist ishdan olindi. Ayolning murojaati o‘rganilmoqda.
Ismaloq va qo‘ziqorinli sho‘rva, qatlama xamirdan pishirilgan ko‘k somsa, ko‘k piyoz va tuxumli quyma pirog, ismaloqli turkcha oladya va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsumga mos ko‘katli taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Mart oyidagi bayramlar munosabati bilan Toshkent — Andijon yo‘nalishida 4 ta qo‘shimcha poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Jurnalistlar va jamoat faollari O‘zbekiston prezidentiga «yashirin, lekin kuchli senzura» yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaat mualliflari davlat rahbaridan matbuotning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda tarixiy yordam berishini so‘rashdi.
Toshkentning IIBB ota-onalarni o‘smirlar o‘rtasida keng tarqalayotgan «Ryodan» anime ishqibozlari harakatidan ogohlantirdi. Xabarda aytilishicha, bolalarning anime va mangaga bo‘lgan qiziqishini qoralab bo‘lmaydi. Lekin bu qiziqishi tufayli noma’lum shaxslar ta’siriga tushib qolmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
O‘zbekiston va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari jamoat tartibini ta’minlash va tartibsizliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rgandi, deya ma’lum qildi Belarus ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakov.
Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. “Gazeta.uz” vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida “Nima ko‘ramiz?” loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Toshkentda lochin va boshqa hayvonlarning noyob turlarini genetik identifikatsiyalash uchun DNK laboratoriyasi yaratilmoqda. Bu ularning noqonuniy aylanishining oldini oladi va qo‘shimcha ravishda mamlakatdagi fauna holatini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentining norasmiy uchrashuvi, nogironlarni navbatsiz qabul qiladigan amaldorlar, Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar, sel va qor ko‘chishi xavfi, O‘zbekistonning yangi AQShdagi elchisi, IELTS`dan 9 ball olgan 2 o‘zbekistonlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting