Arxiv

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi
5 dekabr 2024, 14:56

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
5 dekabr 2024, 14:45

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ
5 dekabr 2024, 13:49

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. «Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak», — deb yozmoqda WSJ.

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi
5 dekabr 2024, 12:47

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi
5 dekabr 2024, 11:27

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi

Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
5 dekabr 2024, 11:24

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi
5 dekabr 2024, 11:16

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi
5 dekabr 2024, 11:00

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi

Mobiuz aksiyalar va maxsus takliflarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofisini ochdi.

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
5 dekabr 2024, 10:34

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

O‘zbekiston deputatlari 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qulladi. Ular hujjatni muhokama qilmadi, savollar va qarshi ovoz bermadi. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etdi. Hech kim xarajatlarni oshirish zarurligini asoslab bermadi.

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi
5 dekabr 2024, 10:12

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi
5 dekabr 2024, 10:11

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri
5 dekabr 2024, 00:25

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
4 dekabr 2024, 23:34

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi ishini to‘xtatdi
4 dekabr 2024, 23:20

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi ishini to‘xtatdi

Yaqinda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylangan Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan vakolatlarini to‘xtatdi. Tadbirkorning vakili u bunday qarorni federatsiya manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilganini ma’lum qildi.

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi
4 dekabr 2024, 22:58

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

Teatrlarning ahamiyatini oshirishga doir qarorga ko‘ra, DAKT huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi va har yili jahon dramaturgiyasi asarlari bo‘yicha tanlovlar joriy etiladi. «Teatr — ibratxonadir» dasturida Daftarlarga kiritilgan va nogironligi bor shaxslar spektakllariga bepul kiritiladi.

Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
4 dekabr 2024, 22:20

Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha SSP boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Qashqadaryo ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi
4 dekabr 2024, 22:08

Qashqadaryo ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash rejalari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2025-yildan hudud kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Buning uchun xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantiriladi.

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi vazifasini bajarishga kirishdi
4 dekabr 2024, 21:28

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi vazifasini bajarishga kirishdi

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini vazifasini bajarishga kirishdi. U 4-dekabr kuni TIVda vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi.

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi
4 dekabr 2024, 19:49

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi.

“Barselona” va Nike shartnomasi: 1,7 mlrd yevrolik bitim klub muammolarini hal qila oladimi?
4 dekabr 2024, 19:49

“Barselona” va Nike shartnomasi: 1,7 mlrd yevrolik bitim klub muammolarini hal qila oladimi?

“Barselona” Nike bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu sport liboslari ta’minotchisi bilan tuzilgan rekord qiymatdagi bitim ekani aytilmoqda (bungacha eng yirigi “Real Madrid"da edi). 1,7 mlrd yevrolik kelishuv klubning muammolardan qutulishiga yordam beradimi? The Athletic shartnoma tafsilotlarini o‘rgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting