Arxiv

Vazirlik va idoralarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi
6 dekabr 2024, 15:21

Vazirlik va idoralarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi

Prezident qarori bilan 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat oliygohlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarda ham sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−9-dekabr)
6 dekabr 2024, 15:14

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−9-dekabr)

Jeki Chan ishtirokidagi “Panda operatsiyasi”, BTS RM haqidagi film va yana to‘rtta kinopremyera, asal yarmarkasi, stend-ap shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari hamda uch kunlik bayram ta’tilida bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi Ugam River turistik majmuasini borib ko‘rdi
6 dekabr 2024, 15:05

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi Ugam River turistik majmuasini borib ko‘rdi

Prezident Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan Ugam River turistik majmuasi bilan tanishdi. U soha mutasaddilariga hudud targ‘ibotini kengaytirib, bunday maskanlarga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Bo‘stonliqdagi “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi
6 dekabr 2024, 14:17

Prezident Bo‘stonliqdagi “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi. 25 gektar maydondagi sayyohlik majmuasida 16 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta mehmonxona, 2 ta supermarket, shuningdek, Chirchiq daryosi ustidan shishali ko‘prik qurish reja qilinmoqda.

“O‘zavtosanoat” rahbari — mahalliylashtirish, millionta ish o‘rni yaratish va rivojlanish strategiyasi haqida
6 dekabr 2024, 13:20

“O‘zavtosanoat” rahbari — mahalliylashtirish, millionta ish o‘rni yaratish va rivojlanish strategiyasi haqida

“O‘zavtosanoat” rahbari 2030-yilga borib mahalliylashtirish hisobiga importni 500 mln dollarga qisqartirish va milliondan ortiq ish o‘rni yaratishni reja qilayotganini ma’lum qildi. “Shuncha yildan beri davlat qo‘llab kelmoqda, uning rivojida salmog‘imizni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan”, — dedi u.

Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlar 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi
6 dekabr 2024, 13:17

Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlar 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi

Prezident yangi elektropoyezdda Toshkentdan Xo‘jakentga safar qilib, temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. U yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.

Ombudsmanga mahkumlardan 10 oy davomida tazyiq holatlari yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan
6 dekabr 2024, 13:09

Ombudsmanga mahkumlardan 10 oy davomida tazyiq holatlari yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan

10 oy davomida ombudsmanga ozodlikdan mahrum etish joylarida huquq-tartibot idoralari tomonidan turli tazyiqlar yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan. 14 ta shikoyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan, 3 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 10 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Dam olish kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi
6 dekabr 2024, 11:39

Dam olish kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0…-10 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi
6 dekabr 2024, 11:22

Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi

Buxoro viloyatining Muhandislik institutida 4-bosqich talabasi oliygoh yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi surishtiruv o‘tkazmoqda.

Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan erkak qutqarib olindi
6 dekabr 2024, 11:19

Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan erkak qutqarib olindi

Toshkent viloyati Qibray tumanida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. U otga minib, daryodan o‘tayotganda, jonivorning oyog‘i toyib, suvga yiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi
6 dekabr 2024, 11:10

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida prezident transport, energetika va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Onix kottejlarini 10% boshlang‘ich to‘lov bilan imtiyozli ipoteka xizmati asosida taqdim etmoqda
6 dekabr 2024, 11:00

Onix kottejlarini 10% boshlang‘ich to‘lov bilan imtiyozli ipoteka xizmati asosida taqdim etmoqda

Onix turar joy majmuasi tayyor kadastrga ega zamonaviy kottejlarini “Yangi yil” aksiyasida xarid qilishni taklif qilmoqda.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va Endokrinologiya markaziga yangi rahbarlar tayinlandi
6 dekabr 2024, 10:40

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va Endokrinologiya markaziga yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Anvar Alimov Respublika endokrinologiya markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bosh boshqarmaga esa Botirbek Isabekov rahbar v.b. bo‘ldi.

Video: “Askiya” bozori ekobozorga aylantiriladi. Bu haqda aholi qanday fikrda?
6 dekabr 2024, 10:36

Video: “Askiya” bozori ekobozorga aylantiriladi. Bu haqda aholi qanday fikrda?

Yakkasaroy tumanidagi “Askiya” bozorini qayta qurish rejalashtirilmoqda. 150 mln dollarlik loyihada ekobozor, yashil hudud va mehmonxona barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Rekonstruksiya vaqtida bozor faoliyatini davom ettiradi. “Gazeta.uz” sotuvchilar va xaridorlarning bu o‘zgarishlar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
6 dekabr 2024, 10:07

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Yunusobod tumanida Matiz beton to‘siqqa urilganidan so‘ng butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Navoiyda sifatsiz ishlar sabab bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi
6 dekabr 2024, 00:20

Navoiyda sifatsiz ishlar sabab bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi

Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish jarayonidagi ishlar sifatsiz ekani va talabga javob bermasligi sabab 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi. Qoidabuzarliklar bilan bajarilgan ishlar buzildi.

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
6 dekabr 2024, 00:03

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.

5-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 dekabr 2024, 23:44

5-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Atom energiyasi muqobil yechim ekanini aytgan prezident, BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish rejasi, yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmagan O‘zbekiston hukumati, tarixiy rekord darajaga ko‘tarilgan bitkoin narxi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda mualliflik qo‘g‘irchoqlari va o‘yinchoqlarining “Qo‘g‘irchoqlar uyi” qishki festivali o‘tkaziladi
5 dekabr 2024, 23:37

Toshkentda mualliflik qo‘g‘irchoqlari va o‘yinchoqlarining “Qo‘g‘irchoqlar uyi” qishki festivali o‘tkaziladi

7−8-dekabrda Toshkentdagi Xamar san’at galereyasida kolleksiya qo‘g‘irchoqlari va mualliflik o‘yinchoqlarining qishki festivali bo‘lib o‘tadi. Ustalar “Karnaval” mavzusidagi 500 dan ortiq qo‘lbola qo‘g‘irchoqlarni taqdim etadi. Dasturda Venetsiya niqoblari va zanjabilli pryaniklar bo‘yash mahorat darslari ham mavjud.

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
5 dekabr 2024, 23:14

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting