Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshida faollar bilan suhbatda OAV, so‘z erkinligi haqida to‘xtaldi. U ko‘pchilik OAVni yopib qo‘yishni aytishini ma’lum qildi. «Yo‘q, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?» — deya so‘radi u.
O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.
Moskvada noyabrdan buyon ish haqini ololmayotgan mingdan ziyod o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar norozilik harakati uyushtirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jarohatlangan va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyaning tajovuzkor revizionizmi va beqarorlashtiruvchi harakatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham ta’sir qiluvchi global tahdid ekanini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya istilosi Yevropa va Markaziy Osiyo uchun haddan tashqari qaramlikdan qochish zarurligini ta’kidladi.
Aktam va Zuhra Mahmaziatovlar — asli o‘zbekistonlik Ukraina fuqarolari. Rossiya bosqinidan so‘ng ular Germaniyaga qochib, Berlinda o‘zbek restorani ochgan. Menyuda — osh, manti va somsa. “Gazeta.uz” noma’lumlik sari safar vaqti yuz bergan muvaffaqiyat tarixini hikoya qiladi.
Jurnalistlar va ko‘ngillilar jamoasi 1 yil davomida Ukraina yerlarida Rossiya armiyasining 15 136 nafar vakili halok bo‘lganini aniqladi. Bu Sovet ittifoqi Afg‘on urushida yo‘qotganlar soni — 15 051 dan ko‘proqdir.
1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.
Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Bir yil avval, 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandi. Shu kuni «Gazeta.uz» Ukrainadagi vatandoshlar va ushbu mamlakat fuqarolaridan o‘z shaharlarida nimalar bo‘layotgani, rasmiylar qanday choralar ko‘rayotgani haqida so‘ragandi. Bir yil o‘tib, biz ular bilan yana bog‘lanib, nimalar o‘zgarganiga qiziqdik.
Qonunchilik palatasidagi qo‘shma yig‘ilishda qonun bilan «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan norma o‘rnatilayotgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘ldi. U yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashdi.
Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati to‘ldirildi. Endi ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikki mas’ul qo‘mitasi bugun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qiladi. Hujjat noyabr oyida qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib yuborilgandi.
Avval IIV boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIBga rahbar bo‘ldi.
Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.
2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting