Farg‘ona shahrida IIB va DXX xodimlari uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi. Ularning 19 nafaridan narkotik moddalar va sovuq qurollar topildi.
O‘zbekistonda 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Shuningdek, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun ijara asosida bepul ajratiladi.
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqinning ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini tasdiqladi. Unga 106 nafar jismoniy shaxs va 88 korxona, jumladan, Xitoy, Qozog‘iston va Turkiya kompaniyalari kiritildi.
Ta’sischisi o‘zgargan “Gazli”, tig‘iz vaqtlarda harakati taqiqlanadigan yuk mashinalari, ommaviy tarzda sochi olingan o‘quvchilar, kredit olishda kuchaytirilgan talablar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Professor, arxitektura fanlari doktori Mavluda Yusupova Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Shimoliy va Katta Farg‘ona kanallari bo‘ylab “Patar” va “Sarvak” transchegaraviy gidropostlari o‘rnatildi. Ular O‘zbekiston va Tojikistonda sug‘orish uchun sarflanadigan suv hajmini aniqroq o‘lchash imkonini beradi. Loyiha Shveysariya hukumatining Blue Peace Central Asia tashabbusi ko‘magida amalga oshirildi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish biroz qisqardi, Turkmanistondan import esa oshdi. Mamlakatda tig‘iz vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolmoqda, dedi Energetika vazirligi mas’uli. Gaz “zapravka”larining deyarli 3 dan 1 qismi faoliyatini tiklagan.
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab qarz yuki ko‘rsatkichini joriy etish orqali aholiga kredit berish talablari kuchaytirilmoqda. Agar qarz oluvchi daromadining 60 foizini qarzni to‘lash uchun ishlatsa, banklar kredit berishdan bosh tortishlari kerak. 2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish mumkin, deyiladi Jahon bankining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha hisobotida.
Asosan davomatni ta’minlash uchun maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlarning vakolatlari qayerda boshlanib, qayerda tugashi jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda. “Gazeta.uz” Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Zafar Alimov bilan xodimlarning mavjud vakolatlari haqida suhbatlashdi.
Gazli Gas Storage QKning nazorat paketi (60%) Rossiyaning “Forus”idan Gonkongning Daxon Holdings kompaniyasiga o‘tdi. Bu kompaniya haqida internetda ma’lumot deyarli yo‘q. U O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli”ni boshqaradi, ya’ni mamlakatning gaz saqlash bo‘yicha energiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.
Prokuratura vakillari, deputatlar va ekologlardan iborat ishchi guruh “Toshkent IES”ga borib, stansiya quvurlariga filtrlar o‘rnatish va boshqalarni tavsiya qildi. Ekopartiya Energetika vazirligini bu choralarni ko‘rishga chaqirib, hukumat va Bosh prokuraturaga stansiya tashlanmalari bo‘yicha deputat so‘rovi yubordi.
Beshta kinopremyera, yarmarkalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko’rgazmalar va bolalar shoulari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Intuitive Machines kompaniyasi ishlab chiqqan “Oddisey” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy sathiga qo‘ndi. “Amerika yarim asr deganda birinchi marta Oyga qaytdi”, — dedi NASA rahbari Bill Nelson. AQSh apparati so‘nggi bor 1972-yili, astronavtlarni olib chiqqan “Apollon-17” missiyasi doirasida Oyga qo‘ngan edi.
Xayriya mablag‘lari hisobidan onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beruvchi “Ezgu Amal” fondi 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi. Fond bir yil davomida 14 mlrd so‘mdan ziyod xayriya yiqqan. Eng ko‘p pul bemor bolalarni xorijda davolatish uchun sarflangan.
Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.
Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan o‘zbekistonlik 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U Suriyaga qanday ketgani hamda bu davrdagi hayoti haqida gapirib berdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi, hozirda uning faoliyatini davom ettirayotgan Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh Navalniyning o‘limi tufayli Putinga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ta’kidladi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.
24−25-fevral kunlari O‘zbekistonning ko‘p hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting